623-2805
Информация об имеющихся вакантных должностях (по состоянию на 01.12.2016 г.)
Информация об имеющихся вакантных должностях (по состоянию на 01.12.2016 г.)
Акционерное общество "Узбекэнерго"
Mirzabayeva Saida Alimovna
Телефон: (+99871) 233-69-10
Почта: axborot@uzbekenergo.uz
Веб сайт: www.uzbekenergo.uz
14.12.2016 21:33
14.12.2016 21:51
0.0
| # | Вакантная должность | Специализация | Квалификационные требования |
|---|---|---|---|
| 1 | Matbuot kotibi | Milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida “O`zbekenergo” AJ faoliyatining muhim tomonlarini, faoliyatda yagona davlat siyosatini amalga oshirish va yaxlit elektroenergetika tarmog'ini rivojlantirish masalalarini yoritadi, ommaviy axborot vositalarida O`zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining bajarilishi, “O`zbekenergo” AJning yonilg'i-energetika resurslarini tejash, debitorlik qarzlarni qisqartirish, elektr energiyasini o`g'irlashga qarshi kurash, shuningdek elektr energiyasidan oqilona foydalanishga doir boshqa masalalar bo`yicha faoliyatini yoritilishi to`g'risida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun materiallar tayyorlanishini nazorat qiladi, axborotlar (press-relizlar, bukletlar, flayerlar va h.k.) tayyorlaydi, “O`zbekenergo” AJning rasmiy veb-saytiga va ijtimoiy tarmoqlardagi korporativ sahifasiga “O`zbekenergo” AJ faoliyatiga doir xabarlar tayyorlanib joylashtirilishi va yangilanib turilishini ta’minlaydi. | "Oliy ma’lumot, gumanitar yo`nalishda (jurnalistika), axborot agentliklarida matbuot kotibi vazifasida kamida 3 yillik mehnat staji, o`zbek va rus tillarini mukammal bilish, ingliz tilini bilish ma’qullanadi, tashkiliy masalalarni to`g'ri hal qilish qobiliyati, nutqiy savodxonlik va yuksak darajadagi yozish ko`nikmasi, elektroenergetika sohasi faoliyatini yaxshi bilish, mas’uliyatlilik, puxtalik va erkin muloqotga kirisha olish. Toshkent shahrida yashash uchun doimiy ro`yxatda turish." |
| 2 | Elektr stansiyalari va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi | Asosiy elektr sxemalari va issiqlik elektr stansiyalari va asosiy issiqlik elektr tarmoqlarining o`ziga tegishli sxemalari yordamchi elektr uskunlari holatini amaliy nazorat qilishni ta’minlash. Xavfsizlik va foydalanish texnikasi qoidalari bajarilishini nazorat qilish. Issiqlik elektr stansiyalari va asosiy issiqlik elektr tarmoqlarida ishning puxtaligi, tejamliligi, samaradorligi, yangitdan texnik ta’minlanish, uskunlarni zamonaviylashtirish va ta’mirlash bo`yicha tadbirlar va kompleks dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish. | Oliy ma’lumot, muhandis-texnik. Energotizimda mutaxassislik bo`yicha kamida 5 yillik mehnat staji. Kompyuterdan malakali foydalanish. Toshkent shahrida yashash uchun doimiy ro`yxatda turish. |
| 3 | Elektr tarmoqlaridan foydalanish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi | Nazorat qilinuvchi korxonalardagi asbob-uskunlarning ishlashi haqida tezkor ma’lumotlarni har kuni to`plash va tahlil qilish. Elektr uzatish tarmoqlari va kichik stansiyalar asosiy elektr uskunlari ishidagi uzilishlar va avariya holatlari sabablarini aniqlash. Texnologik intizom va xavfsizlik texnikasiga rioya qilinishini, uskunalarni kapital ta’mirlashning borishini nazorat qilish. | Oliy ma’lumot, mutaxassisligi texnik. Muhandis-texnik vazifalarida mutaxassislik bo`yicha kamida 5 yillik mehnat staji. Kompyuterdan foydalanish tajribasi.Toshkent shahrida yashash uchun doimiy ro`yxatda turish. |
| 4 | Axborot texnologiyalari bo`limi boshlig'i | Axborot texnologiyalari bo`limi faoliyatini ma’lumotlarni avtomatlashtilgan holda ishlashni yo`lga qo`yish, xizmat ko`rsatish, rivojlantirish bo`yicha tashkil etish, muhandislik, iqtisodiy hamda ishlab chiqarish va ilmiy tadqiqot xususiyatidagi boshqa masalalarni hal qilish. Axborot tizimlari asosiy tarkibini tanlash, uni asoslash, axborot to`plash shakl va usullarini belgilash, hisoblash texnikasi vositasida ma’lumotlarni ishlash vazifalari va texnologik jarayonlari bo`yicha ma’lumotlarni ishlash texnologik chizmalarini ishlab chiqish va ularni korxonaning tegishli bo`limlari bilan muvofiqlashtirish. Ijrochilarning ish bilan oqilona ta’minlanganligini aniqlash, ma’lumot kelib tushish jarayonini, jadvallarga va masalani hal qilish tartibiga rioya qilish, ishlarni belgilangan vaqtda bajarish, ish sifatini nazorat qilish. | Oliy ma’lumot, mutaxassisligi texnik. Muhandis-texnik vazifalarida mutaxassislik bo`yicha kamida 5 yillik mehnat staji. Toshkent shahrida yashash uchun doimiy ro`yxatda turish. |
| 5 | Tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi boshlig'I o`rinbosari | Chet ellik hamkorlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalarning (savdo-iqtisodiy, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik, moliyaviy va b.) ilg'or shakllarini yo`lga qo`yish, saqlab turish va rivojlantirish. Tashkilotning umumiy tashqi iqtisodiy va marketing strategiyasini belgilashda, biznes-rejalar va investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda, chet ellik hamkorlar bilan savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va boshqa aloqalarni o`rnatish, saqlab turish va rivojlantirish bo`yicha texnik-iqtisodiy asoslarni tuzishda ishtirok etish. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi jarayonlarni kuzatib borish. | Oliy ma’lumot, moliya-iqtisod. va mutaxassislik bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat staji. Kompyuterdan foydalanish tajribasi.Chet tillarni bilish. Toshkent shahrida yashash uchun doimiy ro`yxatda turish. |
| 6 | Bosh hisobchi | Buxgalteriya shakllarini yuritish bo`yicha ishlarni tashkil etish, buxgalteriya hisobini takomillashtirish tadbirlarini amalga oshirish, hisobot yuritish, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona tejamkorlik bilan foydalanishda buxgalteriya rolini oshirish. Keladigan tovar-moddiy boyliklar, asosiy fondlar, pul mablag'lari va ularning harakati bilan bog'liq operatsiyalarni rasmiylashtirish va hisobga olishning haqiqiyligi va to`g'riligini o`z vaqtida nazorat qilish. | Oliy ma’lumot, iqtisod. O`zbek va rus tillarini bilish. 1S buxgalteriya dasturini bilish. Energotizim va rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yillik ish tajribasi, kompyuterdan (WORD, EXCEL va b.) malakali foydalanish. Toshkent shahrida yashash uchun doimiy ro`yxatda turish. |
| 7 | Kotiba-mashinistka | Korxona rahbari ishini ta’minlash bo`yicha texnik vazifalarni bajarish. Rahbar o`tkazadigan kengash va majlislarni tayyorlash bo`yicha ishlarni bajarish, ishtirokchilarni xabardor qilish. Telefonogrammalarni qabul qilish va jo`natish, rahbarning telefon orqali so`zlashuvlarini tashkil etish, rahbar ko`rsatmasi bo`yicha zarur materiallarni kompyuterda yozish. Ish yuritish. Keluvchilarni qabul qilishni tashkil etish va x.k. | O`rta maxsus ma’lumot. O`zbek va rus tillarini bilish. Bir yildan kam bo`lmagan mehnat staji. Kompyuterda ishlash tajribasi. Kompyuterda yozish bo`yicha maxsus tayyorgarlik. Microsoft office-Word 2010, Excel 2010 ni bilish. Toshkent shahrida yashash uchun doimiy ro`yxatda turish. |
| 8 | Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig'i o`ri nbosari | Kadrlar potensialidan uning yangi iqtisodiy sharoitlarda rivojlantirish va mustaqilligini kengaytirish istiqbollarini hisobga olgan holda, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohani rivojlantirishda muvozanatni ta’minlashni inobatga olib kadrlarga bo`lgan talabni taxmin qilish va rejalashtirishning ilmiy metodlarini qo`llash asosida zarur mutaxassislik va malakaga ega xodimlarni korxonaga jalb qilish va ularning o`rnashib qolishi uchun xodimlar bilan ishlash bo`yicha kompleks reja va dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish. Karyerani rejalashtirish siyosati asosida rahbarlik lavozimlariga ko`tarish, xodimlarni uzluksiz tayyorlash tizimini yaratish uchun kadrlar rezervini shakllantirish va tayyorlash bo`yicha ishlarni bajarish. Xodimlar bilan ishlashda mehnat qonunchiligi me’yorlariga rioya etilishini nazorat qilish. | Oliy ma’lumot. Muhandis-texnik va rahbarlik lavozimlarida xodimlarni boshqarishni tashkil etish bo`yicha 3 yildan kam bo`lmagan mehnat staji.Shaxsiy kompyuterdan foydalanish tajribasi. Toshkent shahrida yashash uchun doimiy ro`yxatda turish. |
Только авторизованные пользователи могут оставлять комментарии. Пожалуйста авторизируйтесь или зарегистрируйтесь в системе.