Kengaytirilgan
 
 

Ma'lumotlardan foydalanish shartlari

Foydalanuvchi ushbu Portalda joylashtirilgan ochiq ma'lumotlardan foydalana boshlashi bilan ma'lumotlardan foydalanish shartlariga o'z roziligini bildirgan hisoblanadi.

Foydalanuvchi ochiq ma'lumotlardan erkin, muddatsiz, tekinga va hududiy cheklovlarsiz foydalanish huquqiga ega. Shuningdek, u ochiq ma'lumotlarni ko'paytirish, nashr etish, tarqatish, ko'rinishiga o'zgartirish kiritish va ularni boshqa ma'lumotlar bilan birlashtirish, ochiq ma'lumotlardan tijorat maqsadida foydalanish, dasturiy mahsulotlar va ilovalar yaratish uchun foydalanish (shu jumladan takroran) huquqiga ega.

Ochiq ma'lumotlardan foydalanganda quyidagi shartlarga amal qilinishi shart:

  • ochiq ma'lumotlardan faqat qonuniy maqsadlar uchun foydalanish;
  • ochiq ma'lumotlardan foydalanishda ularni buzib talqin etmayotganligiga ishonch hosil qilish;
  • ochiq ma'lumotlardan foydalanishda axborot manbaiga havola berish.

Foydalanuvchi tomonidan ma'lumotlardan foydalanish shartlariga rioya etilmagan holatlarda foydalanuvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda noqonuniy xatti-harakatlari uchun javobgar hisoblanadi. Portal, tashqi axborot resurslarida joylashtirilgan ma'lumotlarning haqqoniyligi va dolzarbligiga, ularning tarkibidagi ma'lumotlarni yangilash davriyligiga javob bermaydi.

Havolalar bilan ishlash shartlari:

Biz O'zbekiston Respublikasi Ochiq ma'lumotlar portalida joylashtirilgan ma'lumotlarga havolalar qo'yilishiga qarshi emasmiz, bu haqida oldindan ruxsat so'rash ham talab etilmaydi. Shunga qaramay Portalda joylashtirilayotgan har qanday havolalar to'g'risida bizni ogohlantirib qo'yishingizni (qayta aloqa vostilari yordamida) iltimos qilamiz.Portaldan boshqa saytlarda “freym" sifatida foydalanish ruxsat etilmaydi. Portal foydalanuvchining brauzerida alohida sahifada to'liq va mustaqil ko'rinishda ochilishi lozim.

Boshqa veb-saytlarga havolalar:

Portal bo'limlarida davlat organlarining veb-sayt va portallariga olib o'tuvchi havolalarni topishingiz mumkin. Ushbu havolalar faqatgina ma'lumot xarakteriga ega bo'lib, sizning foydalanuvchi sifatida tajribangizni oshirish maqsadida taqdim etilgan. O'zbekiston Respublikasining ochiq ma'lumotlar portali ushbu veb-saytlarda joylashtirilgan ma'lumotlarning mazmuni, davriyliligi, qulayligi, ishonchliligi, veb-saytlardagi xavfsizlik choralari yuzasidan javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi va ularda keltirib o'tilgan fikr mulohazalar yuzasidan betaraflikni saqlab qoladi. Biz ushbu havolalar doimiy ravishda ishlab turishiga va ular bog'lagan sahifalar mavjudligiga kafillik bera olmaymiz.

Shaxsiy ma'lumotlar daxlsizligi:

Foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarining daxlsizligi biz uchun juda muhim. Umuman olganda, har qanday shaxs Portalga shaxsiy ma'lumotlarini oshkor etmagan holda kirishi mumkin.

Biz quyidagi ma'lumotlarni statistik ko'rsatgichlarni aniqlash maqsadida to'playmiz va saqlaymiz:
  • foydalanuvchilar Portalga kirish uchun foydalangan internet domen provayderi va IP-manzili;
  • portalga kirish uchun foydalanuvchi tomonidan ishlatilgan brauzer va operatsion tizim turi;
  • portalga kirish muddatlari;
  • foydalanuvchi ko'rib chiqqan sahifalar va havolalar;
  • agar foydalanuvchi Portalga boshqa saytlar orqali kirgan bo'lsa, o'sha saytlarning havolalarini ko'rsatgan ularning manzillari.
Biz ushbu manzillardan foydalanuvchining shaxsini aniqlash maqsadida foydalanmaymiz, Portalga qilingan hurujlar bundan mustasno.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: