Ochiq ma'lumotlar lug'ati
- Axborot resurslari – axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma'lumotlar banki, ma'lumotlar ombori;
- Axborot resurslari va axborot tizimlari egasi – axborot resurslari yoki axborot tizimlariga egalik qilishni, ulardan foydalanishni va ularni tasarruf etishni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar;
- Ochiq ma'lumotlar – Internet tarmog'ida erkin, bepul va takroran foydalanish uchun inson tomonidan o'zgartirilmagan holda qayta ishlov berish imkoniyatini beradigan shaklda (mashina o'qiydigan) tizimlashtirilgan ma'lumotlar;
- Ochiq ma'lumotlar reestri – zarur ochiq ma'lumotlar to'plamiga giperhavolalarni ham o'z ichiga olgan, avtomat tarzda ochiq ma'lumotlar to'plamini izlash va ushbu ma'lumotlarni olish maqsadida yaratilgan ochiq ma'lumotlar ro'yxati;
- Ochiq ma'lumotlar formati – ma'lumotlarni mashina o'qiydigan ko'rinishda ochib berish formatlari (XML, CSV, JSON, RDF, va boshqalar);
- CSV – (Comma-Separated Values — vergullar bilan ajratilgan qiymatlar) jadval ko'rinishida ma'lumotlarni taqdim etishga mo'ljallangan matn formati. Faylning har bir qatori - jadvalnng bitta qatori. Ustunlardagi ma'lumotlar tizimda belgilangan simvollar (delimiter) – vergul (,), nuqta-vergul (;) yoki tabulyatsiya simvoli bilan ajratib turiladi;
- HTML+Microdata – HTML tili elementlaridan foydalangan holda ma'lumotlarni semantik belgilash usulari yig'indisi. Brauzerdan foydalangan holda hujjatlarni ko'rish imkoniyati beriladi;
- JSON- (JavaScript Object Notation) - JavaScript ga asoslangan ma'lumot almashinuvining matn formati. JSON ni odam oson o'qiy oladi;
- XML – (eXtensible Markup Language — kengayuvchi teglash tili ) — Butunjahon o'rgimchak to'ri Konsorsiumi tomonidan tavsiya etiladigan teglash tili (W3C). XML texnik hujjatlarida XML-hujjatlari hamda XML-protsessorlari (XML-hujjatlarini o'quvchi hamda ularning mazmunidan foydalanish imkonini beruvchi dasturlar)ning ishlashi haqida tushuntirib o'tiladi.
- Portal operatori - Portalni yuritishga mas'ul bo'lgan, shuningdek portaldagi ma'lumotlarga ishlov beradigan yuridik shaxs Ochiq ma'lumotlarni taqdim etuvchi – Portalda joylashtirish uchun Portal operatoriga ochiq ma'lumotlarni taqdim etuvchi davlat organi;
- Foydalanuvchi – Portalda ro'yxatdan o'tgan holda Portaldagi ochiq ma'lumotlardan foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.