Kengaytirilgan
 
 
“O`zbekenergo” AJ ijro apparatining vakant (bo`sh) ish o`rinlari to`g’risida MA’LUMOT (05.03.2018 y. holatiga)
  • Identifikatsiya raqami (kodi) ma'lumotlar to'plami

    623-5290

  • Ma'lumotlar to'plami nomi

    “O`zbekenergo” AJ ijro apparatining vakant (bo`sh) ish o`rinlari to`g’risida MA’LUMOT (05.03.2018 y. holatiga)

  • Ma'lumotlar to'plami tavsifi

    “O`zbekenergo” AJ ijro apparatining vakant (bo`sh) ish o`rinlari to`g’risida MA’LUMOT (05.03.2018 y. holatiga)

  • Ma'lumotlar to'plami egasi

    "O’zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati

  • Mas'ul shaxs

    Ibragimova Saodat Asambekovna

  • Mas'ul shaxs bilan bog'lanish

    Telefon raqami: (0 71) 233-69-10
    Elektron manzili: axborot@uzbekenergo.uz
    Veb sayt: uzbekenergo.uz

  • Ma'lumot formatlari

  • Ma'lumotlar to'plamini birinchi qo'shilgan sanasi

    9.03.2018 10:14

  • Oxirgi o'zgartirilgan sana

    9.03.2018 10:15

  • Statistika


0.0

5

0

4

0

3

0

2

0

1

0

  • Tuzilmaning ko'rinishi

    Tartib raqamiCodeElement turiUstun nomi ruschaUstun nomi o'zbekchaMajburiyUzunligi
    1G1СтрокаНаименование вакантной должности (Рус.)Vakant lavozim (O`zb.)1103
    2G2Текст (строка больше чем 255 символов)Специализация (Рус.)Ixtisoslik (O’zb)1951
    3G3Текст (строка больше чем 255 символов)Квалификационные требования (Рус.)Malaka talablari (O’zb)1495

  • Yuklab olish


#Vakant lavozim (O`zb.)Ixtisoslik (O’zb)Malaka talablari (O’zb)
 
1Matbuot kotibiMilliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida “O`zbekenergo” AJ faoliyatining muhim tomonlarini, faoliyatda yagona davlat siyosatini amalga oshirish va yaxlit elektroenergetika tarmog'ini rivojlantirish masalalarini yoritadi. Ommaviy axborot vositalarida O`zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining bajarilishi, “O`zbekenergo” AJning yonilg'i-energetika resurslarini tejash, debitorlik qarzlarni qisqartirish, elektr energiyasini o`g'irlashga qarshi kurash, shuningdek, elektr energiyasidan oqilona foydalanishga doir boshqa masalalar bo`yicha faoliyatini yoritilishi to`g'risida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun materiallar tayyorlanishini nazorat qiladi. Аxborotlar (press-relizlar, bukletlar, flayerlar va h.k.) tayyorlaydi. “O`zbekenergo” AJning корпоратив veb-saytiga “O`zbekenergo” AJ faoliyatiga doir xabarlar tayyorlanib joylashtirilishi va yangilanib turilishini ta’minlaydi.Oliy ma’lumot, gumanitar yo`nalishda (jurnalistika)
2Elektr stansiyalari va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish boshqarmasi Bosh mutaxassisiIssiqlik elektr stansiyasi (IES) uskunalaridan foydalanishni tashkil etish sohasidagi yagona texnik siyosatni amalga oshirish. Foydalanish sifat darajasini oshirish, avariyaga qarshi ishlarni takomillashtirish, IES lari uskunalaridan foydalanishni tashkil etish va uni nazorat qilish, IESlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil qilish, elektr stansiyalar bilan ishlashdagi texnologik buzilishlarni o‘rganish va hisobga olish, va b. Oliy ma’lumot, muhandis-texnik. Energotizimda mutaxassislik bo`yicha kamida 5 yillik mehnat staji. Kompyuterdan malakali foydalanish. Toshkent shahrida yashash uchun doimiy ro`yxatda turish.
3Axborot texnologiyalari bo`limi boshlig'iAxborot texnologiyalari bo`limi faoliyati ma’lumotlarini avtomatlashtilgan holda ishlashini yo`lga qo`yish, xizmat ko`rsatish, rivojlantirish bo`yicha tashkil etish, muhandislik, iqtisodiy hamda ishlab chiqarish va ilmiy tadqiqot xususiyatidagi boshqa masalalarni hal qilish. Axborot tizimlari asosiy tarkibini tanlash, uni asoslash, axborot to`plash shakl va usullarini belgilash, hisoblash texnikasi vositasida ma’lumotlarni ishlash vazifalari va texnologik jarayonlari bo`yicha texnologik chizmalarini ishlab chiqish va ularni korxonaning tegishli bo`limlari bilan muvofiqlashtirish. Ijrochilarning ish bilan oqilona ta’minlanganligini aniqlash, ishlarni belgilangan vaqtda bajarish, ish sifatini nazorat qilish.Oliy ma’lumot, mutaxassisligi texnik. Muhandis-texnik vazifalarida mutaxassislik bo`yicha kamida 5 yillik mehnat staji. Toshkent shahrida yashash uchun doimiy ro`yxatda turish.
4G’aznachilik va moliya xizmati boshlig'iPul mablag‘larining harakati bo‘yicha ma’lumotlar hisobini yuritish va nazorat qilish. Pul mablag‘lari qoldiqlarini solishtirib chiqish. Hisob-kassa xizmati sarf-xarajatlarni tahlil qilish va maqbullashtirish. "O’zbekenergo" AJ mablag‘laridan maqsadli va samarali foydlanishni nazorat qilish. To‘lovlar uzluksizligi va pul oqimlarini rejalashtirishni ta’minlash. Hisob-kitob va to‘lov majburiyatlarining bajarilishini, shuningdek, korxonaning to‘lov qobiliyatida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar o‘z vaqtida aks ettirilishini ta’minlash. Hisobot hujjatlarining to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va tuzilishini, ularning tashqi va ichki foydalanuvchilarga o‘z vaqtida taqdim etilishini nazorat qilish.Oliy ma’lumot, moliya-iqtisod va mutaxassislik bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat staji. Kompyuterdan foydalanish tajribasi.Chet tillarni bilish. Toshkent shahrida yashash uchun doimiy ro`yxatda turish.
5Strategik rivojlantirish boshqarmasining bosh mutaxassisiUzoq kelajak uchun mo‘ljallangan energetika strategiyasining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish uchun materiallarni, tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni hisobga olgan holda yagona elektroenergetika tizimini rivojlantirish konsepsiyasi va dasturini tayyorlash. Ishlab chiqarish quvvatlari va elektr tarmoqlarini modernizatsiyalash, rivojlantirish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha tarmoq dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini monitoring qilish. O’zbekiston Respublikasi investitsiyaviy dasturiga kiruvchi loyihalar bo‘yicha takliflar tayyorlash.Oliy texnik-energetik ma’lumot. Energotizimda mutaxassislik bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat staji. Toshkent shahrida yashash uchun doimiy ro`yxatda turish.
6Tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalarni jalb etish boshqarmasi boshlig‘iTizimli ish bilan ta’minlash hamda "O’zbekenergo" AJning xalqaro moliya institutlari, MDH mamlakatlari va ShHT, MOIH, YevrOsIH doirasidagi xalqaro tashkilotlar va boshqalar bilan iqtisodiy hamkorligi bo‘yicha materiallar tayyorlash. "O’zbekenergo" AJ rahbariyatining xorijiy missiyalar va delegatsiyalar bilan energetika sohasidagi xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishini tashkil etish. Oliy texnik, muhandislik-iqtisodiy yoki yuridik ma’lumot. Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha rahbarlik lavozimida kamida 5 yil mehnat staji, chet tillarni bilish.
7Ichki audit xizmati boshlig‘iKorxona moliyaviy va boshqaruv hisobotini tekshiradi, uning to‘g‘riligini tahlil qiladi, uning o‘z vaqtida tuzilishi va taqdim etilishini baholaydi. Hisob jarayonlarini bir xillashtirish va standartlashni tashkil etadi. Auditorlik ishlari rejasini, auditorlik ishlari budjetini tayyorlaydi va korxona rahbariyatiga tasdiqlash uchun taqdim etadi. Korxona budjeti bajarilishini nazorat qiladi. Korxona aktivlarining butunligi va ulardan foydalanish samaradorligini tekshiradi, korxona xodimlarining aktivlar va moliyaga oid ma’lumotlardan foydalana olish imkoniyatininazorat qiladi va h.k.Oliy iqtisodiy ma’lumot. Litsenziyaga ega bo‘lish. Ichki audit yo‘nalishi bo‘yicha kamida 5 yillik ish tajribasi. Shaxsiy kompyuterdan foydalanish tajribasi. Toshkent shahrida ro‘yxatda turish.
8Auditor 2ta o‘rinKorxona moliyaviy va boshqaruv hisobotini tekshiradi, uning to‘g‘riligini tahlil qiladi, uning o‘z vaqtida tuzilishi va taqdim etilishini baholaydi. Hisob jarayonlarini bir xillashtirish va standartlashni tashkil etadi. Auditorlik ishlari rejasini, auditorlik ishlari budjetini tayyorlaydi va korxona rahbariyatiga tasdiqlash uchun taqdim etadi. Korxona budjeti bajarilishini nazorat qiladi. Korxona aktivlarining butunligi va ulardan foydalanish samaradorligini tekshiradi, korxona xodimlarining aktivlar va moliyaga oid ma’lumotlardan foydalana olish imkoniyatininazorat qiladi va h.k.Oliy iqtisodiy ma’lumot. Litsenziyaga ega bo‘lish. Ichki audit yo‘nalishi bo‘yicha kamida 5 yillik ish tajribasi. Shaxsiy kompyuterdan foydalanish tajribasi. Toshkent shahrida ro‘yxatda turish.
9Iqtisodiyot va prognozlash boshqarmasi bosh mutaxassisiHukumat tomonidan tasdiqlangan Tarmoqni rivojlantirish Dasturlarini amalga oshirishni ishlab chiqish va minitoring qilish. O’zbekiston Respublikasi elektroenergetika tizimi bilan boshqa tashkilotlar o‘rtasida elektr energiyasini eksport-import qilish shartnomalari sohasida vujudga keladigan kelishmovchiliklarni aniqlash va tahlil qilishda ularni vakolat doirasida hal qilish bo‘yicha choralar ko‘rish bilan ishtirok etish. Oylik va chorak hisobotlarini tayyorlash. Ishlab chiqilayotgan va amalga oshirishga qabul qilingan investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha topshiriqlarga muvofiq tahliliy materiallar tayyorlash.Oliy texnik yoki iqtisodiy ma’lumot. Mutaxassislik bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji.
10Strategik rivojlanish boshqarmasi yetakchi mutaxassisiUzoq kelajakdagi energetika strategiyasining asosiy yo‘nalishlarini, yagona elektroenergetika tizimini tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni hisobga olgan holda rivojlantirish konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish uchun materiallar tayyorlash. Ishlab chiqarish quvatlari va elektr tarmoqlarini modernizatsiyalash, rivojlantirish va rekonstruksiya qilishning tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini monitoring qilish. O’zbekiston Respublikasi investitsiyaviy dasturiga kiruvchi loyihalar bo‘yicha takliflar tayyorlash. Oliy texnika energetika ma’lumoti. Energotizimning loyihalash, sozlash yoki foydalanish korxonalarida kamida 5 yillik ish staji. Shaxsiy kompyuterdan foydalanish tajribasi. Toshkent shahrida ro‘yxatda turish.
11Tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi boshlig‘i “O’zbekenergo” AJning xalqaro moliya institutlari va banklari, MDH mamlakatlari va ShHT, Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati doirasida xalqaro tashkilotlar bilan iqtisodiy hamkorligi masalalari bo‘yicha tizimli ishlarni ta’minlash va materiallar tayyorlash. “O’zbekenergo” AJ rahbariyatining xorijiy missiyalar va delegatsiyalar bilan energetika sohasida xalqaro hamkorlik masallari bo‘yicha muzokarlarini tashkil etish.Oliy kasbiy, texnik, muhandislik-iqtisodiy yoki yuridik ma’lumot. Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha rahbarlik lavozimida kamida 5 yillik ish staji, chet tillarni bilish
12Iqtisodiyot va prognoz qilish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi (vaqtincha)Tarmoqni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish. Hukumat tomonidan tasdiqlangan tarmoqni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishining monitoringi. O’zR elektroenergetika tizimi bilan boshqa tashkilotlar o‘rtasida elektr energiyasi eksport-importi shartnomalari doirasida vujudga keladigan ixtiloflarni aniqlash va tahlil qilishda ularni vakolat doirasida hal qilish bilan ishtirok etish. Yig‘ma oylik va chorak hisobotlarni tayyorlash. Ishlanayotgan va amalga oshirish uchun qabul qilingan investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha topshiriqlarga muvofiq tahliliy materiallar tayyorlash. Oliy texnik yoki iqtisodiy ma’lumot. Mutaxassislik bo‘yicha kamida 5 yillik ish staji
13Fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha inspektorFuqarolar murojaatlari bo‘yicha kelib tushayotgan xat-xabarlarni qabul qiladi. Konvertlarni ochish , hujjatlarning manzilga to‘g‘ri yetkazilganini tekshirish, xat-xabarlar noto‘g‘ri yetkazilganda ularni qaytarib yuborish. Hujjatlarni ASKI dasturi bo‘yicha markazlashgan avtomatlashtirilgan holda ro‘yxatga olish. “O’zbekenergo” AJ rahbarlari rezolyutsiyasiga muvofiq hujjatlarni ijro etish uchun berish va hk.Oliy ma’lumot. Energotizimdakamida 5 yil ish staji. Shaxsiy kompyuterda ishlash tajribasi. Rus va o‘zbek tillarini bilish. Toshkent shahrida ro‘yxatda turish.
14Kotib mashinist“O’zbekenergo” AJ rahbari ishini ta’minlash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik vazifalarni bajaradi. Rahbarning telefon orqali so‘zlashuvlarini tashkil etadi, telefonogrammalarni qabul qiladi va topshiradi. Majlis va kengashlarni tayyorlash bo‘yicha ishlarni bajaradi, bayonnomani rasmiylashtiradi. Rahbarning ko‘rsatmasiga ko‘ra turli materiallarni yozadi. O’rta-maxsus ma’lumot. Mutaxassislik bo‘yicha kamida 1 yil ish staji. Yozish bo‘yicha maxsus tayyorgarlik. Shaxsiy kompyuterdan foydalanish tajribasi. Rus va o‘zbek tillarini bilish.

Sharh ro'yxati bo'sh

Siz avtorizatsiyadan o'tmagansiz..

Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiyadan o'tishingiz kerak! Iltimos avtorizatsiyadan o'ting yoki tizimda ro'yxatdan o'ting

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: