Kengaytirilgan
 
 

Open Data - "Ochiq ma’lumotlar" atamasi nimani anglatadi?!

2015-03-25

E'tiboringizni quyidagilarga qaratmoqchimiz:

Ochiq ma'lumotlar – internet tarmog'ida barcha foydalanishi mumkin bo'lgan tizimlashtirilgan, mashina o'qiy oladigan tarzda avtomat tarzda ishlangan, erkin va bepul foydalanishga mo'ljallangan axborotdir.

Ochiq ma'lumotlar jamlanmasi – davlat tashkilotlaridan olinishi mumkin bo'lgan tizimlashtirilgan, alohida ko'rinishga ega bo'lgan bir turdagi axborot bo'lib, avtomatlashtirilgan
tizim yordamida inson ishtirokisiz ma'lumotlarni sharhlash, moslash, ularga ishlov berish imkonini beradi.

Davlat tashkilotlari tomonidan axborotni tarqatish, uni yuzaga keltirish O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. Konstitutsiyada
belgilab berilganidek, “Har kim fikrlash, so`z va e'tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o`zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitusiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir".

Ochiq ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida"gi qonuniga muvofiq, shuningdek davlat tashkilotlarining vakolati doirasida to'planayotgan, ishlanayotgan, saqlanayotgan ma'lumotlar asosida to'planadi, ommaga taqdim etiladi.


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: