Ochiq ma’lumotlar portali ishga tushdi
2015-03-25
Navro'z bayrami arafasida O'zbekistonda ahamiyatga molik hodisa ro'y berdi: elektron xizmatlar ko'rsatish va axborot berish jabhasida http://data.gov.uz - Ochiq ma'lumotlar portali test rejimida o'z faoliyatini boshladi.
Portal O'zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida"gi qonuniga muvofiq yuzaga keltirildi.
Davlat tashkilotlaridagi ma'lumotlarning ochiqligining ta'minlanishi aniq bir internet makonda jamlashtirilmagan edi. Ahamiyatli jihati shundaki, hukumatning ushbu tadbiri hujjatlarning bir joyga to'plab, ommabopligini ta'minlash hamda undan foydalanishni istaganlar uchun imkoniyat berishga asoslangan.