“International open data campus: fuqarolik jamiyati uchun ochiq ma'lumotlar”
2020-11-16
“International open data campus: fuqarolik jamiyati uchun ochiq ma'lumotlar”
Markaziy Osiyoda fuqarolik jamiyatini qo'llab-quvvatlash dasturi (Qozog'iston, Tojikiston, O'zbekiston, Turkmaniston) Data Journalism Agency (Texty.org.ua nashri, Ukraina) bilan birgalikda 2020 yil 24-noyabrdan 4-dekabrgacha onlayn rejimida bo'lib o'tadigan “International open data campus: fuqarolik jamiyati uchun ochiq ma'lumotlar” (“International open data campus: Open data for civil society”) o’quv dasturida ishtirok etish uchun tanlov e'lon qiladi.
International open data campus: fuqarolik jamiyati uchun ochiq ma'lumotlar - bu fikrlash markazlari, jamoat sektori faollari, jurnalistlar, hukumat vakillari uchun besh kunlik dastur. U davlat boshqaruvida shaffoflik va hisobdorlikni targ'ib qiluvchi loyihalarni yaratishga qaratilgan.
Ushbu o'quv dasturida O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi Ochiq ma'lumotlar portalini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlarining ishtiroki rejalashtirilgan.