Kengaytirilgan
 
 

Open Data Challenge 2020

2020-12-07

Open Data Challenge 2020

“Open Data Challenge 2020” - bu Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va IT Park tomonidan har yili,  YXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori, shuningdek, “One Million Uzbek Coders” dasturi va Dubai Future Foundation hamkorligida tashkil etiladigan tanlov. Shuningdek, bu tanlov Oʻzbekistonning axborot texnologiyalari, tadbirkorlik va iqtisodiyot sohalarida ochiq ma’lumotlarni rivojlantirishga qaratilgan.

Tanlov gʻoliblari:
Davlat sektori:                     

1. “White” jamoasi va ularning Oʻzbekistondagi IT sohasini takomillashtirish maqsadida yaratilgan multi-platformas

2. Xalqaro va mahalliy investorlar uchun keng qamrovli bozor axborot platformasini ishlab chiqqan “UniApp” jamoasi.

3. Yoʻl harakati qoidalari buzilishini kuzatuvchi bot ishlab chiqqan “WeSion” jamoasi. Bu bot foydalanuvchilarga fotosuratlarni yuklash va qoidabuzarlikni tasvirlash kabi imkoniyatlarni beradi.

Ijtimoiy sektor:                   

1. Brail alifbosidagi matnni o'qishdagi qiyinchiliklarni minimallashtirish uchun mobil ilovani taqdim etgan “NLS” jamoasi.

2. “JuFoF” jamoasi va ularning zaif odamlarga yordam berish maqsadida yaratgan volontyorlar platformasi.

3. Bemorlarga shaxsiy tibbiy ma’lumotlarini saqlashda yordam beradigan ID kartani taqdim etgan “Genius Coders” jamoasi.

Biznes:                  

1. Dori qidirish va sotib olish servislarini ko’rsatadigan “Aptechka 24” loyihasini taqdim etgan “PhalconDevs” jamoasi.

2. Iste’molchilar uchun kerakli mahsulotlarni topish jarayonini osonlashtiradigan, shuningdek, har bir mijozga savdo markazlari ichidagi mumkin boʻlgan hodisalar, aksiyalar va soʻnggi trendlar toʻgʻrisida qoʻshimcha ma'lumot berib boradigan mobil ilovani ishlab chiqqan “Keep it 100” jamoasi.

3. Qishloq xoʻjaligi sohasida reklama joylashtirish uchun onlayn xizmat yaratish taklifi bilan chiqqan Frozen Code” jamoasi.

Ma’lumotlarni oʻzgartirish va yaratish:          

1. Oʻzbek tilini oʻrganishga yordam beradigan mobil ilovani taqdim etgan “Fantastic Team” jamoasi.

2. Qaysi onlayn doʻkonda mahsulot mavjudligini va qaysi onlayn doʻkondan arzon narxda sotib olishingiz mumkinligini aniqlashga yordam beradigan xizmatni taqdim etgan “DigiMind” jamoasi.

3. Oʻzbekistonda sodir boʻlayotgan voqealar toʻgʻrisida toʻliq malumotga ega boʻlish uchun ommaviy axborot vositasi va boshqa manbalardan ma’lumotlarni toʻplaydigan va tahlil qiladigan veb-dasturni yaratgan “Fazon” jamoasi.


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: