Kengaytirilgan
 
 

Xalqaro ochiq ma'lumotlar xartiyasiga qo‘shilish masalasi muhokama qilindi

2020-12-29

Xalqaro ochiq ma'lumotlar xartiyasiga qo‘shilish masalasi muhokama qilindi

2020- yil 28- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi va YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ko‘magida Xalqaro ochiq ma'lumotlar xartiyasi rahbariyati o‘rtasida onlayn muzokara o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasini Xalqaro ochiq ma'lumotlar xartiyasiga qo‘shilish masalalari muhokama qilindi.

Davlat statistika qo‘mitasining Xalqaro ochiq ma'lumotlar xartiyasi bilan hamkorligi Prezidentimizning 2019- yil 9- apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 23- dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma'lumotlar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 808-sonli qarori asosida tashkil etiladi.

ichi1uz29122020

Ushbu onlayn muzokara jarayonida Xalqaro ochiq ma'lumotlar xartiyasi direktori o‘rinbosari Natalia Carfi Davlat statistika qo‘mitasi vakillari bilan 2021- yilda samarali hamkorlik qilishga tayyorligini ma'lum qildi. Shuningdek, Xartiya vakili O‘zbekiston Respublikasining so‘nggi yillarda namoyish etayotgan ochiq ma'lumotlarning rivojlanishidan mamnunligini aytib o‘tdi.ichiuz29122020

ichiuz29122020

Onlayn muzokara natijalariga ko‘ra, ikki tomon vakillari 2021- yil boshidan O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro ochiq ma'lumotlar xartiyasiga qo‘shish jarayonini boshlash bo‘yicha kelishib olishdi. Mazkur jarayon YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ko‘magida qo‘llab-quvvatlanadi.


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: