Jahon banki eksperti bilan videomuloqot o‘tkazildi
2021-01-27
2021- yilning 26- yanvar kuni Davlat statistika qo'mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi mutaxassislari hamda Jahon banki eksperti ishtirokida Jahon rivojlanish indikatorlari bazasida O‘zbekiston Respublikasining mavjud bo‘lmagan indikatorlarini shakllantirish masalasi bo‘yicha videokonferensaloqa rejimida muloqot tashkil etildi.

Unda Davlat statistika qo‘mitasi Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Akrom Sultanov, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Alisher Xakimov, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Akbar Qalandarov va bosh mutaxassisi Zebiniso Radjabova hamda Jahon banki eksperti Hiroko Maeda o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha suhbatlashdi.
Jahon banki eksperti bazada mavjud bo‘lmagan indikatorlarni shakllantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar hamda Jahon rivojlanish indikatorlari bazasida Ochiq ma’lumotlar portalining ahamiyati xususida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Konferensiya yakunida tomonlar kelgusida bajarilishi kerak bo‘lgan dolzarb masalalar bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.