Giyohvandlik vositalari va psixotropik moddalarga aloqador litsenziyalar ro'yxati e'lon qilindi
2015-04-20
O'zbekiston Respublikasi Ochiq ma'lumotlar portalida giyohvandlik vositalari, psixotropik moddalar va prekursorlarga aloqador litsenziya yoki boshqa ruxsat etuvchi hujjatlar ro'yxati e'lon qilindi.
Ro'yxat jamlanmasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish), saqlash, sotish (berish), taqsimlash, tashish, yaratish va ishlab chiqarish, tayyorlash, yo'q qilish, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va o'quv, ishlab chiqarish maqsadlarida, shu jumladan tibbiyot va veterinariyada foydalanish uchun berilgan 1284 ta litsenziya va boshqa ruxsat etuvchi hujjatlar 2015-yilning 3-mart holatiga ko'ra, O'zbеkistоn Rеspublikаsi Sоg`liqni sаqlаsh vаzirligi tomonidan taqdim etilgan.
O'zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo'lishiga ushbu Qonunda belgilangan hollarda va tartibda yo'lga qo'yilgan.
O'zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar analoglarining muomalada bo'lishi taqiqlanadi.
O'zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo'lishi bilan bog'liq faoliyat yuridik shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi., III va IV ro'yxatlarga kiritilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan tibbiy maqsadlarda O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda foydalanilishi mumkin.
Tibbiy maqsadlarda foydalanish uchun ruxsat etilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga nisbatan dorivor vositalar to'g'risidagi qonun hujjatlarining ushbu Qonunga zid bo'lmagan qismi tatbiq qilinadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi