Kengaytirilgan
 
 

Yagona portal orqali normativ-huquqiy hujjatlarni baholash

2015-03-11

Yagona portalda tadbirkorlik faoliyatiga ta'sir etuvchi ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish va qabul qilingan normativ hujjatlarni baholash bo'yicha yangi tizim ishga tushirildi.

Mazkur tizim aholi va tadbirkorlik subyektlariga tadbirkorlikka tegishli ishlab chiqilayotgan hujjat loyihalari va qabul qilingan hujjatlarni muhokama qilish imkoniyatini beradi.

Yagona portalda foydalanuvchilar tomonidan bildirilgan izoh va takliflar tegishli davlat organlari tomonidan ko'rib chiqiladi va takliflarni inobatga olish yoki rad etish bo'yicha qaror qabul qilinadi.

Bundan tashqari, foydalanuvchilar amaldagi normativ hujjatlarning tadbikorlik faoliyatiga ta'sir etishini Yagona portalda joylashtirilgan maxsus so'rovnomani to'ldirish orqali baholashda ham ishtirok etishlari mumkin.

Ushbu tizim O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi “O'zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" PF-4609-son farmoniga asosan joriy etildi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yangiliklarini kuzatib boring!


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: