Kengaytirilgan
 
 

Qaysi ochiq ma'lumotlar aholini ko'proq qiziqtirmoqda?!..

2015-05-13

O'zbekiston Respublikasi Elektron hukumatining asosiy poydevorini uch ustun -my.gov.uz, gov.uz hamda Ochiq ma'lumotlar portali - data.gov.uzlar tashkil etadi.

Davlat organlarining ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan axborotlarini ochiq ma'lumotlar sifatida e'lon qilinishi ochiq davlat boshqaruvining asosidir. Ochiq ma'lumotlarning e'lon qilinishi va ulardan foydalana olish imkoniyatining yaratilishi tufayli davlat organlari faoliyatining shaffofligi, jamoat nazoratini amalga oshirish imkoni, shuningdek jismoniy shaxslar va tadbirkorlar uchun yangi xizmatlar yaratilishi ta'minlanadi. Davlat organlari faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlar va axborotlarni ochiq ma'lumotlar ko'rinishida e'lon qilinishi ulardan turli axborot resurslarini shakllantirishda manbaa sifatida va axborot tizimlarini, shuningdek, ham davlat organlari, ham tadbirkorlik sub'yektlari uchun xizmat va ilovalar yaratishda foydalanish mumkin. Internet tarmog'ida keyinchalik ochiq ma'lumotlar uchun "yagona nuqta" vazifasini bajaruvchi O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portali ishga tushirilgan bo'lib, uning asosiy maqsadi qayta ishlash va tahlil qilish uchun mos formatlarda davlat organlari faoliyati to'g'risida ma'lumotlarni taqdim etishdan iborat.
Ochiq ma'lumotlar portal yaqindagina ishga tushgan bo'lishiga qaramay, unda 2 oy mobaynida 14 ta tashkilotning 140ga yaqin ma'lumotlar to'plami joylashtirildi. Savol tug'iladi: “Ma'lumotlar to'plami bu nima?"

Sayt tuzuvchilarining bergan ma'lumotlariga ko'ra,- “Bu alohida elementlardan tarkib topgan, vositalar to'plami xususiyatiga ega bo'lgan, avtomatlashtirilgan tizimlarning inson aralashuvisiz bunday elementlarni identifikatsiya qilish, talqin etish va qayta ishlash imkonini beruvchi davlat organlarining tizimlashtirilgan bir korinishdagi ma'lumotlaridir".

Ochiq ma'lumotlardan foydalanuvchi shaxs undagi ma'lumotlardan erkin, muddatsiz, tekinga va hududiy cheklovlarsiz foydalanish huquqiga ega.Shuningdek, u ochiq ma'lumotlarni ko'paytirish, nashr etish, tarqatish, ko'rinishiga o'zgartirish kiritish va ularni boshqa ma'lumotlar bilan birlashtirish, ochiq ma'lumotlardan tijorat maqsadida foydalanish, dasturiy mahsulotlar va ilovalar yaratish imkoniyatiga ega.

Hozircha Ochiq ma'lumotlar portaliga eng ko'p ma'lumotlar taqdim etgan davlat tashkilotlari bular - Davlat Statistika qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Davlat banki hamda Moliya vazirligidir.

Foydalanuvchilar tomonidan eng ko'p o'qilgan ma'lumotlar - "Bekor qilingan dori vositalari ro'yxati", "Yalpi ichki mahsulot", "Davlat organlarining veb sayti ro'yxati"dir.

Bugungi kunda Ochiq ma'lumotlar portalidan 6752 ta ma'lumot yuklab olingan.

Bu esa saytt foydalanuvchilari sonining kundan-kun ortib borayotganligini ko'rsatuvchi omillardan biridir.
Ochiq ma'lumotlar portalida o'zingizga kerakli va foydali bo'lgan ma'lumotlardan foydalaning!


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: