Kengaytirilgan
 
 

Dasturlarni ishlab chiqish bo'yicha Data.gov.uz Hakatoni boshlandi

2015-09-10

10-12-sentabr kunlari Toshkent shahrida ochiq ma'lumotlardan foydalanish asosida dasturlarni ishlab chiqish bo'yicha Data.gov.uz Hakatoni (bellashuvi) bo'lib o'tadi. Ushbu tadbir BMTning O'zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan hamda O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko'magi ostida 2015-yilning IKT haftaligi doirasida tashkil qilinmoqda.

Tadbirga O'zbekistonning barcha qiziqqan aholi qatlami - dasturchilar, grafik dizaynerlar, analitiklar, jurnalilstlar, menejerlar va boshqa faollar ishtirok etishadi.

Hakaton O'zbekiston Respublikasida ochiq ma'lumotlar g'oyasini ommalashtirish va dasturchilar hamda sohadagi boshqa mutaxassislarni mamlakatimiz uchun yangi bo'lgan sohaga qiziqishlarini jalb qilish maqsadida tashkil etilmoqda. Ushbu bellashuvning asosiy maqsadi ochiq ma'lumorlar portali data.gov.uz va O'zbekiston Respublikasining davlat organlarining veb-sahifalaridan olingan ma'lumotlar asosida ommaviy, ijtimoiy ahamiyatga ega va innovatsion dasturlar hamda servislarni yaratishdan iborat. Hakaton tashkilotchilari tadbir ishtirokchilariga va jamoalarga maslahatlar berish uchun dasturlash, grafik dizayn, jamiyatimiz faollari qatorida ustozlarni ham taklif etishdi.

Hakatonda dastur yoki servis faqatgina hakatonda yaratilgan bo'lib mavjud dasturni yoki servisini rivojlantirishda davomi bo'lmasligi kerak. Shu bilan birga hakaton doirasida ilgari ishlangan loyihalar, kutubxonalar va modullardan ularga qo'shimcha qiymat qo'shish sharti bilan foydalanishga ruxsat beriladi.

Barcha loyihalar davlat organlari, jamoatchilik, biznes, mustaqil ekspertlardan tashkil topgan hay'atga taqdim etiladi hamda g'oliblar quyidagi nominatsiyalar asosida tanlanadi:

1. Ochiq ma'lumotlar asosida yaratilgan eng yaxshi dastur yoki servis.

2. Ochiq ma'lumotlarni vizuallashtirish borasidagi eng yaxshi yechim.

3. Toshkent viloyati bo'yicha ochiq ma'lumotlar asosida yaratilgan eng yaxshi dastur.

Hakaton natijasi 12-sentabr kunning ikkinchi yarmida e'lon qilinadi.

Manba: «Elektron Hukumat» tizimini rivojlantirish markazi


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: