Hurmatli foydalanuvchilar,
E'tiboringizga O'zbekiston Respublikasining 2016-2020 yy. uchun Ochiq ma'lumotlar konsepsiyasining loyihasini taqdim etamiz (keyingi o'rinlarda - Konsepsiya). Shuni belgilab o'tamizki, loyihaning yaratilish maqsadi bu unga nisbatan yuzaga kelayotgan qarashlar, fikr va mulohazalarning keyinchalik paydo bo'lishi ularning kelgusida - 2016-2020- yillarda amalda qo'llanishi uchun zarurdir.
Konsepsiya davlat ochiq ma'lumotlari yo'nalishida o'rta va uzoq muddatli rejalashtirishdagi bor kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. Ushbu hujjat hukumatning shu yo'nalishdagi faoliyatini yoritilishi bo'yicha yo'lko'rsatkich hisoblanadi.
Konsepsiya O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O'zbekistonda BMTni rivojlantirish dasturining “Elektron hukumatni rivojlantirish orqali davlat xizmatlarining sifatini oshirish” loyihasi tomonidan tayyorlandi.
Konsepsiya loyihasini quyida ko'rsatilgan havola orqali ko'rib, taklif va e'tirozlaringizni joriy yilning 29-oktyabridan 12-noyabrigacha taqdim etishingizni so'raymiz.
https://docs.google.com/document/d/1cfU1f2pAWmxqqi...
Mulohaza qoidalari
- Mulohaza qoldirish jarayonida har bir jismoniy shaxs yoki yuridik shaxsning vakili ishtirok etishi mumkin.
- Alohida boblarga hamda butun hujjatga izohlar qabul qilinadi. Konsepsiya loyihasiga nisbatan izohlar qabul qilinishi uning tuzilmasiga, terminologiyasiga va boshqa jihatlarga o'zgartirishlar kiritish imkoni bilan bog'liq. Konsepsiya loyihasiga oid bo'lmagan izohlar o'chirib tashlanadi.
- Muhokama mobaynida olingan mazmundor taklif va e'tirozlar ekspertlar tomonidan izohlanadi va muhokama tashkilotchilari tomonidan hisobga olinadi.
- Rus va o'zbek tillaridagi izohlar qabul qilinadi.
- Izohlar postmoderatsiyadan o'tadi.
- Izoh quyidagi vaziyatlarda:
- muhokama qilinayotgan matn mazmuni bilan bog'liq bo'lmagan taqdirda;
- berilgan ma'lumotlarda nafrat tashviqot qilingan, insonning dini, millati va kelib chiqishiga qarab kamsitilishiga yo`l qo`yilgan, ozchilikning huquqlarini kamsitgan, voyaga yetmaganlarning huquqini buzgan holatda;
- uchinchi shaxslarning ma'lumotlarini ularning ruxsatisiz tarqatgan holatda;
- tijorat maqsadlarini ko'zlagan, reklama shaklida bo'lgan holatda;
- har qanday qonunni buzadigan holatda;
- shikoyat, shaxsiy ma'lumotlar, shaxsiy hayot vaziyatlari bilan bog'liq xabarlar va javob talab qiluvchi hodisalar;
- mavhum belgida bo'lsa;
- to'liq bayonoti mavjud bo'lmagan holatda;
- matnning mazmunini anglab bo'lmaydigan holatda;
- matn rus tilida lotin alifbosida yozilgan holatda;
- matnning barchasi yoki aksariyat qismi katta harflarda yozilgan holatda;
- matn gaplarga bo'linmagan holatda o'chirib tashlanadi.
Manba: «Elektron Hukumat» tizimini rivojlantirish markazi