Kengaytirilgan
 
 

Ochiq ma’lumotlar portali- davlat organlari faoliyati shaffofligining ko’zgusi

2015-11-03

Hozirgi kunda davlat organlarida foydalanashuvchilarni qiziqtirishi mumkin bo'lgan ulkan axborot resurslari massivlari shakllangan. Davlat organlarining ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan axborotlarini ochiq ma'lumotlar sifatida e'lon qilinishi ochiq davlat boshqaruvining asosidir.

Ochiq ma'lumotlarning e'lon qilinishi va ulardan foydalana olish imkoniyatining yaratilishi tufayli davlat organlari faoliyatining shaffofligi, jamoat nazoratini amalga oshirish imkoni, shuningdek jismoniy shaxslar va tadbirkorlar uchun yangi xizmatlar yaratilishi ta'minlanadi. Davlat organlari faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlar va axborotlarni ochiq ma'lumotlar ko'rinishida e'lon qilinishi ulardan turli axborot resurslarini shakllantirishda manbaa sifatida va axborot tizimlarini, shuningdek, ham davlat organlari, ham tadbirkorlik subyektlari uchun xizmat va ilovalar yaratishda foydalanish mumkin.

Internet tarmog'ida keyinchalik ochiq ma'lumotlar uchun "yagona nuqta" vazifasini bajaruvchi O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portali ishga tushirilgan bo'lib, uning asosiy maqsadi qayta ishlash va tahlil qilish uchun mos formatlarda davlat organlari faoliyati to'g'risida ma'lumotlarni taqdim etishdan iborat. Portal O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-avgustda qabul qilingan 232-son qarori asosida faoliyat yuritmoqda.

Ochiq ma'lumotlar portali yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida "Elektron hukumat" tizimining axborot resurslarini rivojlantirish departamenti boshlig'i Shodmonov Zuhriddin Zokirxo'jayevichga murojaat qildik.

Ochiq ma'lumotlar portali internet tarmog'ida qachon ishga tushirilganligini eslatib o'tsangiz. Uning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

-Davlat ochiq ma'lumotlar portali joriy yilning 20- martida test rejimida ishga tushirilgan. Hozirgi kunda davlat organlarida foydalanashuvchilarni qiziqtirishi mumkin bo'lgan ulkan axborot resurslari massivlari shakllangan.

Davlat organlarining ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan axborotlarini ochiq ma'lumotlar sifatida e'lon qilinishi ochiq davlat boshqaruvining asosidir.

Ochiq ma'lumotlarning e'lon qilinishi va ulardan foydalana olish imkoniyatining yaratilishi tufayli davlat organlari faoliyatining shaffofligi, jamoat nazoratini amalga oshirish imkoni, shuningdek jismoniy shaxslar va tadbirkorlar uchun yangi xizmatlar yaaratilishi ta'minlanadi.

Davlat organlari faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlar va axborotlarni ochiq ma'lumotlar ko'rinishida e'lon qilinishi ulardan turli axborot resurslarini shakllantirishda manbaa sifatida va axborot tizimlarini, shuningdek, ham davlat organlari, ham tadbirkorlik subyektlari uchun xizmat va ilovalar yaratishda foydalanish mumkin.

Internet tarmog'ida keyinchalik ochiq ma'lumotlar uchun yagona nuqta vazifasini bajaruvchi O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portali ishga tushirilgan bo'lib, uning asosiy maqsadi qayta ishlash va tahlil qilish uchun mos formatlarda davlat organlari faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etishdan iborat.

Mazkur portalni ishga tushirishda rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasidan ham foydalanildimi?

- Albatta, Portalni ishga tushirishdan oldin rivojlangan va MDH davlatlar tajribasi o'rganilgan. O'rganishlar natijasida Portalimizda eng ilg'or xalqaro tajribani aks ettirishni o'zimizga maqsad qilib olganmiz. Joriy yilning sentyabr oyida o'tkazilgan AKT haftaligi doirasida ham "Ochiq ma'lumotlar" hakatoni-bellashuvi o'tkazildi. Unda rossiyalik ekspert Ivan Fost Rossiya va boshqa davlatlarda yuritilayotgan Ochiq ma'lumotlar portali haqida taqdimot o'tkazib berdi. Bizning asosiy maqsadimiz, xorijiy tajribani o'rgangan holda mamlakatimiz iqtisodiga xos va mos Ochiq ma'lumotlarimizni yaratish hamda shu orqali O'zbekistonda turmush tarzini yaxshilanishiga o'z hissamizni qo'shishdan iborat.

Portal mutaxassislari zimmasiga qanday vazifalar yuklangan?

- Portalda davlat oganlaridan kelib tushayotgan ochiq ma'lumotlarni joylashtirish uchun “Uzinfocom” Markazi mas'ul etilib belgilangan. Ma'lumotlarni joylashtirishdan oldin mutxassislar ma'lumotlarni belgilab berilgan talablarga mosligini, ma'lumotlar tarkibini o'rganib so'ngra joylashtirishadi.


Portaldagi bo'limlar haqida batafsil gapirib bersangiz.

- Portal ikki tilda faoliyat olib borib, quyidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi:
a) Asosiy - "Bosh sahifa", "Dasturchilarga", "Yangiliklar"
b) qo'shimcha - "Portal yangiliklari", "Ommabop ma'lumotlar", "Tashkilotlar", "Portal xaqida", "Kayta aloqa", "Ma'lumotlardan foydalanish shartlari".
a) Asosiy bo'limlar
"Bosh sahifa" bo'limi
Ushbu bo'lim portal bosh sahifasi bo'lib u portalning moxiyatini yoritib beruvchi bannerlar va belgilar shaklidagi ma'lumotlar xamda Portal xaqidagi anonslardan iborat yangiliklarni o'z ichiga oladi.
Izlash funksiyasi portaldagi ma'lumotlarni tezda topish imkonini beradi.
Portal bosh saxifasidan boshqa saxifalarda joylashgan asosiy ma'lumotlarga kerakli havolalarni bir marta bosish (klik) orqali o'tish mumkin.
"Dasturchilarga" bo'limi
Ushbu bo'limda, qayta ishlash va tahlil qilish uchun mos bo'lgan mashina o'qiy oladigan formatdagi ochiq ma'lumotlar taqdim yetiladi.
"Yangiliklar" bo'limi
Davlat organlari tomonidan taqdim yetilgan yangi ma'lumotlar ushbu bo'limda to'liq tarzda berib boriladi.
b) Qo'shimcha bo'limlar
"Portal yangiliklari" bo'limi
Ushbu bo'limda yangiliklar anonsi joylashtiriladi. Bir marta bosish (klik) orqali yangiliklarning asosiy saxifasiga o'tiladi xamda tanlangan mavzu bo'yicha to'liq matn ochiladi.
"Ommabop ma'lumotlar" bo'limi
Mazkur bo'lim foydalanuvchilar tomonidan ko'p murojaat yetilgan ma'lumotlar ro'yxatini o'z ichiga oladi.
"Tashkilotlar" bo'limi
Mazkur bo'limda ochiq shaklda ma'lumotlarni joylashtiruvchi davlat organlari ro'yxati keltirilgan.
"Portal xaqida" bo'limi
Mazkur bo'limda foydalanuvchiga portalning xususiyatlari xaqida qisqacha ma'lumot beriladi.
"Qayta aloqa" bo'limi
"Qayta aloqa" bo'limi portal administratoriga xabarlar jo'natish saxifasi xisoblanadi. Jo'natuvchi ushbu saxifada ism, familiya, e-mayl, telefon raqami va manzili kabi barcha zarur aloqa ma'lumotlarni qoldirishi mumkin. Tegishli katakchaga xabaringiz matnini kiritish - xar qanday fikr, savol, shikoyat yoki biror bir taklif yuborish mumkin.
"Ma'lumotlardan foydalanish shartlari" bo'limi
Ushbu sahifada ma'lumotlardan foydalanish uchun belgilangan shartlar keltiriladi.

Ochiq ma'lumotlar portali qanday soha vakillari yoki aynan kimlar uchun xizmat ko'rsatadi?

- Portaldan foydalanuvchilar ko'lami judayam keng. Lekin asosiy foydalanuvchilar bu: biznes vakillari, olimlar, talabalar, dasturchilar, ommaviy axborot vositalari lar uchun ko'proq xizmat ko'rsatadi. Kuzatishlarimiz shuni ko'rsatmoqdaki, oxirgi paytlarda portaldan nafaqat nomlarini keltirib o'tgan aholi qatlami, balki o'ziga kerakli bo'lgan ma'lumotlarni qidirgan barcha shaxslar ham Ochiq ma'lumotlar portalidagi ma'lumotlardan foydalanishmoqda.

Ochiq ma'lumotlar portali barcha yurtdoshlarimiz uchun faoliyat olib borsa, u kishilarga qanday qulayliklar taqdim etmoqda?

-Birinchi navbatda bu Portal Respublikamizdagi davlat organlari tomonidan taqdim etilayotgan ochiq ma'lumotlar uchun yagona kirish nuqtasi bo'lib hisoblanadi. Bundan tashqari Portalda joylashtirilayotgan ma'lumotlardan mobil qurilmalar uchun ilovalar yaratish uchun dasturchilar ham foydalanishi mumkin. Olimlar, iqtisodchilar, sotsiologlar, studentlar va boshqalar ham portladagi ma'lumotlar yordamida turli xil tahliliy ishlar olib borishlari va har xil prognozlar, ilmiy ishlar qiilish uchun yordam beradi.

Bundan tashqari portalda hozirda joylashtirilgan, misol uchun, “Toshshahartransxizmat” AK tomonidan taqdim etilgan Poytaxtimizda foliyat olib borayotgan avtobus, marshrutli taksi, tramvay hamda metropoliten yurish vaqtlari haqidagi ma'lumotlar juda ham aholiga foydali ma'lumotlardan hisoblanadi. Keyinchali Portalga joylashtiriladigan ma'lumotlarni xarita bilan bog'langan holda joylashtirish mo'ljallanmoqda.

Uning bugungi kunga qadar olib borgan faoliyati haqida qanday ma'lumotlarni ayta olasiz?

-Hozirgi vaqtgacha Portal ishga tushirilgandan boshlab 51 tashkilotdan olingan 570 ga yaqin ma'lumotlar to'plami joylashtirildi va bu raqam soat sayin o'zgarib bormoqda. Ma'lumotlar hozircha 15 yo'nalish bo'yicha taqsimlanib joylashtirilmoqda. Portaldan hozirgi vaqtgacha 148 139 ga yaqin ma'lumotlar to'plami foydalanuvchilar tomonidan yuklab olindi.

Portalga aynan qaysi tashkilotlarning ma'lumotlari joylashtirilishi rejalashtirilgan va bugungi kunga qadar qaysilari joylashtirildi?

-Portal yaratishning dastlabki paytida BMT ning «Elektron hukumat» reytingining baholanishida ishtirok etadigan 8 ta vazirlik va idoralar hamda Davlat statistika qo'mitasi tomonidan taqdim etiladigan ma'lumotlarni joylashtirish rejalishtirilgan edi.

Keyinchalik barcha davlat va ho'jalik boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari ma'lumotlari joylashtirish boshlandi. Hozirgi vaqtda aytib o'tganimdek 56 tashkilotdan ma'lumotlar Portalda joylashtirilgan.

Portalni takomillashtirish uchun kelajakda qanday ishlarni amalga oshirishni rejalashtirgansizlar?

- Ochiq ma'lumotlar portalida kelgusida quyidagi ishlarni amalga oshirmoqchimiz:
1. Qisqa muddatlarda Davlat ochiq ma'lumotlar portalini maksimal sondagi ochiq ma'lumotlar to'plamlarini turli-xil sohalar bo'yicha to'ldirishni amalga oshirish zarur. Buning uchun Davlat statistika qo'mitasi tomonidan tayyorlanadigan statistik ma'lumotlarni olish o'ta zarurligini ta'kidlab o'tmoqchiman va buni xalqaro ekspertlar ham tasdiqlamoqdalar;
2. Portalda joylashtirilgan jami ma'lumotlarni tez kunlarda mashina o'qish formatiga o'tkazish;
3. Portalda joylashtirilgan ma'lumotlar asosida dasturiy ilovalarni yaratishni ommalashtirish. Buning uchun “Ochiq ma'lumotlar asosida yaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot“ musobaqasini tashkil qilish zarur;
4. Portal orqali aholi va taddbirkorlik sub'ektlari, dasturchilar va boshqalar tomonidan qaysi ma'lumotlarga talab borligini aniqlash uchun Portla orqali so'rovnomani tashkillashtirish;
5. Toshkent viloyatida Ochiq ma'lumotlar bo'yicha amalga oshirilgan ishlar bo'yicha tajribani boshqa viloyatlarda ham tadbiq etish;
6. Davlat ochiq ma'lumotlari portali reklamasini ommaviy-axborot vositalarida keng yo'lga qo'yish zarur;
7. Ob'ektlar haqidagi portalda joylashtirilgan ochiq ma'lumotlarni kartaga bog'lanishini (geolokatsion ma'lumotlar) ta'minlash zarur.
8. Portalning mobil qurilmalar uchun ilovalarini yaratish;
9. Ma'lumotlarni mavsumdan kelib chiqib joylashtirilishi yo'lga qo'yish. Masalan: yozda cho'milish, dam olish maskanlari haqida ularni xaritada joylashgan joyi ko'rsatilgan holda joylashtirish.

Mazmunli suhbatingiz uchun rahmat. Kelgusida Ochiq ma'lumotlar portalining mamlakatimiz aholisi uchun foydali jihatlari ko'payishiga tilakdoshmiz.

Manba: «Elektron Hukumat» tizimini rivojlantirish markazi


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: