Kengaytirilgan
 
 

Ochiq ma’lumotlarni shakllantirish, ularni joylashtirish va qayta ishlash reglamenti tasdiqlandi

2016-01-06

Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ushbu buyruq ochiq ma’lumotlar portalini rivojlantirishga yangi turtki bo’lib xizmat qiladi. Ochiq ma’lumotlar portali rivojlanishda davom etmoqda va bugungi kunda portalda batafsil statistikaga ega bo’limlar yaratilgan:

· sohalar bo’yicha statistika (https://data.gov.uz/ru/statistic/index) – 6 turdagi formatlar hamda 16 xil yo’nalishlardagi ma’lumotlarning portalda joylashtirilgan va yuklab olishlar soni haqida ma’lumotlar;

· ommabop ma’lumotlar to’plami (https://data.gov.uz/ru/statistic/popular) – har bir ma’lumotlar to’plamining yuklab olinganligi to’g’risidagi jadval. Sohalar bo’yicha filtrlash imkoniyati mavjud;

· ma’lumotlari mavjudligi va ularga bo’lgan talab bo’yicha tashkilotlarning reytingi (https://data.gov.uz/ru/statistic/organization). 2016 yilning 5 yanvar holatiga ko’ra yuklab olishlar soni bo’yicha O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi birinchi o’rinda va joylashtirilgan ma’lumotlar to’plamlarining soni bo’yicha Tоshkеnt viloyat hоkimligi birinchi o’rinni egallab turibdi.

Bundan tashqari endi tashkilotning sahifasida eng ko’p yuklab olingan ma’lumotlar to’plamlarini ko’rish, ma’lumotlar to’plamining sahifasida esa – fayllar formatiga ko’ra yuklab olinganligini ko’rish imkoni mavjud.

Shuningdek, dasturchilar tomonidan ma’lumotlar to’plamlariga izoh berish imkoni yaratildi. Bu esa ma’lumotlarning sifatini oshirishga turtki bo’lishi mumkin.

Yana bir muhim yangilik sifatida API, ya’ni potralda dasturiy ilovalarga qulay dasturlash interfeysining tuzilganligini ta’kidlab o’tish lozim. Ushbu yangilik mobil va veb-ilovalarga ochiq ma’lumotlar bilan ishlash imkonini beradi.

Portalni rivojlantirish va takomillashtirish “Elektron hukumat” markazi, BMT taraqqiyot dasturi va UZINFOCOM markazi tomonidan hamkorlikda olib borilmoqda.

Manba: «Elektron Hukumat» tizimini rivojlantirish markazi


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: