O’zbekiston hududiga temir yo’l transporti vositasida olib kirilayotgan yuklar to’g’risida ma’lumot olish
2015-03-07
Ishbilarmon kishilarga qulaylik yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi bilan hamkorlikda Yagona portalda “O'zbekiston hududiga temir yo'l transporti vositasida olib kirilayotgan yuklar to'g'risida ma'lumot olish" xizmati yo'lga qo'yildi.
Mazkur xizmat tufayli Yagona portaldan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar temir yo'l transport vositalari - vagon va konteynerlar ro'yxatdan o'tgan bojxona postlari, shuningdek, yuklarning O'zbekiston Respublikasi chegarasiga yetib kelishi va o'tish muddati haqida ma'lumotga ega bo'lishlari mumkin.
Davlat interaktiv xizmatlari Yagona portalini muntazam kuzatib boring!