Davlat organlari vakillari uchun navbatdagi “Haftalik kollegial seminar” bo‘lib o‘tdi
2016-06-17
2016 yil 16 iyun kuni Aloqa tarixi muzeyida davlat organlari vakillari uchun navbatdagi “Haftalik kollegial seminar” o‘tkazildi. Tadbirni “Elektron hukumat” markazi direktorining birinchi o‘rinbosari X.N.Isayev olib bordi.
Mazkur seminarda davlat organlari bilan bir qatorda, xo‘jalik boshqaruv organlari, hamda Toshkent shahri va viloyati xokimiyatlarining AKT bo‘yicha mas’ul bo‘limlarining vakillari ishtirok etdilar.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining axborot xizmati rahbari A.A.Umarovning va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining AKT joriy etish va rivojlantirish markazining direktori Z.A.Tadjixodjayevlarning mazkur idoralarda “AKT joriy etish muammolari va istiqbollari” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.
Shuningdek, tadbirda Davlat ochiq ma’lumotlar portalida vazirlik va idoralar uchun shaxsiy kabinetlar orqali ma’lumotlar to‘plamlarini mazkur portalga kiritish va yangilab borish tartibi va texnik yechimlari to‘g‘risida “Elektron hukumat” markazi va «UZINFOCOM” markazining ma’sul vakillari batafsil, ko‘rgazmali namoyish orqali tushuntirib berdilar.
Haftalik kollegial seminar kun tartibidagi masalalar yuzasidan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda vazirlik va idoralardan bir qator taklif va tavsiyalar berildi, shuningdek ularga oid barcha savollarga ma’ruzachi va tashkilotchilar tomonidan atroflicha ma’lumotlar berildi.
Manba: «Elektron Hukumat» tizimini rivojlantirish markazi