Kengaytirilgan
 
 

Hududiy ochiq ma’lumotlarni shakllantirish bo‘yicha video seminar

2016-06-29

Joriy yilning 28 iyun kuni «Elektron hukumat» markazi Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazida Kompyuterlashtirish markazlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining raxbar va mutaxassis xodimlari uchun “Ochiq ma’lumotlar portali”ga bag‘ishlangan video seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur video seminarda “ochiq ma’lumotlar” masalalari, xususan hududlarda ochiq ma’lumotlar to‘plamlarini shakllantirish va ularni O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. «Elektron hukumat» markazi va “Uzinfocom” markazi vakillari tomonidan seminar qatnashchilariga Ochiq ma’lumotlar portalidan foydalanish, ma’lumotlar pasportlarini shakllantirish va Ochiq ma’lumotlar portaliga ma’lumotlarni kiritish jarayonlari yuzasidan tushuntirish berdilar.

Seminar savol-javob ko‘rinishida davom etdi va yig‘ilish qatnashchilari ko‘plab o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Manba: «Elektron Hukumat» tizimini rivojlantirish markazi


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: