Data.gov.uz ochiq ma’lumotlar portalidan foydalanish namunasi
2016-07-08
Ushbu sayt tajribaviy loyiha sifatida foydalanuvchilarga taqdim etiladi. Loyihaning asosiy maqsadi abituriyentlarga o‘zlarining bo‘lg‘usi o‘quv maskanlari hamda yo‘nalishlarini tanlashda yordam berishdan iborat.
Sayt foydalanuvchilar uchun ikki hildagi xizmatni taklif etadi.
Birinchi xizmat yordamida abituriyentlar o‘zlarining taxminiy ballari, test topshirish fanlari, ta’lim tili va boshqa me’zonlarni ko‘rsatib, ushbu qidiruv me’zonlariga mos keluvchi oliy ta’lim muassasalari va ularning tegishli o‘quv yo‘nalishlarini bilib olishlari mumkin.
Ikkinchi xizmat yordamida abituriyent o‘zi tanlagan o‘quv yurti hamda yo‘nalishi va o‘zining taxminiy balini ko‘rsatib shu yo‘nalishga qanchalik kirish imkoniyatiga ega ekanligini bilib olishi mumkin.
Natijalar qidiruv mezonlari hamda abituriyentning taxminiy baliga asosan, shu yo‘nalish haqidagi statistik ma’lumotlar va o‘tgan yillardagi kirish ballariga asoslangan holda, bazi matematik modellar yordamida hisoblanadi va kirish ehtimoli sifatida taqdim etiladi.
Manba: infocom.uz