Kengaytirilgan
 
 

16 va undan katta yoshdagi nogironlarning reabilitatsiya markaziga order olishlari uchun elektron ariza taqdim etish

2015-03-06

Endilikda Yagona portal orqali tezkor va sodda ravishda 16 va undan katta yoshdagi nogironlarning reabilitatsiya markaziga order olishlari uchun elektron ariza taqdim etish mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining bosh «Tibbiy-mehnat ekspert kommisiya»lari foydalanuvchilar (nogironlar va ularning qonuniy vakillari)dan arizalarni qabul qiladilar va xizmatlarni roʻyxatdan oʻtkazadilar.

Ushbu xizmatdan Yagona portalda roʻyxatdan oʻtgan 16 va undan katta yoshdagi nogironlar hamda ularning qonuniy vakillari hisoblanmish barcha jismoniy shaxslar foydalanishlari mumkin.

Order berish yoki rad etish toʻgʻrisidagi qaror Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining vakolatli xodimi tomonidan ariza qabul qilingan vaqtdan boshlab 2 kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi va arizachining elektron manziliga xabarnoma joʻnatiladi. Foydalanuvchi (nogironlar yoki ularning qonuniy vakili) orderni olish
uchun bosh, ixtisoslashgan, tumanlararo, tuman (shahar) «Tibbiy-mehnat ekspert komissiya»lariga xabarnomada ko'rsatilgan muddat ichida murojaat qilishlari va 7 ish kuni mobaynida orderni pasportni taqdim etish orqali olib ketishlari shart. Ko'rsatilgan muddat ichida olib ketilmagan order o'z kuchini yo'qotadi va qonuniy kuchga ega emas deb hisoblanadi.

Yangi xizmatlarni taklif eting, ovoz bering va Yagona portal yangiliklaridan xabardor boʻling!


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: