Yuklab olingan ochiq ma’lumotlar soni 1 milliondan oshdi
2017-08-15
Joriy yilning 15 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portali «data.gov.uz» orqali yuklab olingan ochiq ma’lumotlar soni 1 milliondan oshdi.
2015 yil 7 avgust kunidan ishga tushirilgan Ochiq ma’lumotlar portali «data.gov.uz» orqali bir qancha dasturchilar o‘zlarini dastur va mobil ilovalarini vazirlik va idoralar tomonidan joylashtirib kelinayotgan ochiq ma’lumotlarga tayangan holda ishlab chiqmoqdalar.
2015 yil 7 avgust kunidan ishga tushirilgan Ochiq ma’lumotlar portali «data.gov.uz» orqali bir qancha dasturchilar o‘zlarini dastur va mobil ilovalarini vazirlik va idoralar tomonidan joylashtirib kelinayotgan ochiq ma’lumotlarga tayangan holda ishlab chiqmoqdalar.
125 ta vazirlik va idoralardan taqdim etib kelinayotgan ochiq ma’lumotlarini eng ko‘p yuklanganligi bo‘yicha 10 tasini reytingi:
1. Toshkent shahar hokimligining 223 ta ochiq ma’lumotlari – 83671 marotaba yuklangan;
2. Toshkent viloyati hokimligining 303 ta ochiq ma’lumotlari – 75569 marotaba yuklangan;
3. Surxondaryo viloyati hokimligining 113 ta ochiq ma’lumotlari – 61252 marotaba yuklangan;
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 231 ta ochiq ma’lumotlari – 47249 marotaba yuklangan;
5. Sirdaryo viloyati hokimligining 151 ta ochiq ma’lumotlari – 44423 marotaba yuklangan;
6. Jizzax viloyati hokimligining 185 ta ochiq ma’lumotlari – 42144 marotaba yuklangan;
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 18 ta ochiq ma’lumotlari – 40793 marotaba yuklangan;
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 102 ta ochiq ma’lumotlari – 36067 marotaba yuklangan;
9. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 97 ta ochiq ma’lumotlari – 33905 marotaba yuklangan;
10. Namangan viloyati hokimligining 94 ta ochiq ma’lumotlari – 16412 marotaba yuklangan.
Manba: DATA.GOV.UZ