2017-11-17
30-noyabr – 3-dekabr kunlari Toshkentda Open
Data Challenge 2017 – ilovalarni, ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda,
ishlab chiqish boʻyicha har yilgi tanlov boʻlib oʻtadi. Tadbir Oʻzbekiston
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
BMTTD Oʻzbekistondagi vakilligi, UZINFOCOM markazi, “Elektron hukumat” tizimini
rivojlantirish markazi va Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan
hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Open Data Challenge 2017
30-noyabr – 3-dekabr kunlari Toshkentda Open
Data Challenge 2017 – ilovalarni, ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda,
ishlab chiqish boʻyicha har yilgi tanlov boʻlib oʻtadi. Tadbir Oʻzbekiston
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
BMTTD Oʻzbekistondagi vakilligi, UZINFOCOM markazi, “Elektron hukumat” tizimini
rivojlantirish markazi va Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan
hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Open Data Challenge – bu dasturchilar
jamoalarining ochiq hukumat ma’lumotlariga hamda xususiy sector taqdim qilgan
ochiq ma’lumotlarga asoslangan mahsulotlarni tez ishlab chiqish boʻyicha
musobaqa. Open Data Challenge ning farqi shundaki, guruhlar aniq belgilab
berilgan muddat ichida harakatlanishlari lozim: ikki kun ichida abstrakt
gʻoyalar yangi veb yoki mobil xizmatlarning tajriba namunalariga yohud
alfa-koʻrinishlariga aylanadilar. To‘rt kunlik qizgʻin faoliyat natijasida,
Open Data Challenge 2017 ishtirokchilari turmushning barcha jabhalarida:
moliya, transport, ta’lim, sogʻliqni saqlash, ekologiya va h.k. foydali boʻlgan
yangi loyihalarni taqdim etadilar. Shunday qilib, mobil va veb-ilovalar
tadbirning moddiy mahsuli boʻladi. Loyihalarni ishlab chiqishdan tashqari, Open
Data Challenge 2017 doirasida dasturchilar uchun ochiq ma’lumotlar bilan
ishlashga oid treninglar boʻlib oʻtadi.
Ishtirokchilar
Ushbu tadbirga quyidagilar taklif etiladilar:
1. Ishlab chiqish mutaxassislari, dasturchilar,
grafika dizaynerlari, internet-tadbirkorlari.
2. Ochiq ma’lumotlardan turli xil dasturlar
yaratilishi uchun taqdim qilmoqchi bo’lgan kompaniyalar.
Bevosita ishtirok nima
uchun kerak?
Open Data Challenge 2017 da Siz:
Oʻzbekistondagi turmush tarzini yanada
qiziqarliroq va qulayroq qilish imkonini beruvchi gʻoyalardan birini amalga
oshirish
Oʻz noyob gʻoyangizni keng omma e’tiboriga
havola etish
Guruhga yetishmagan a’zolarni izlab topish yoki
mavjud jamoaga qoʻshilib olish
Qimmatbaho sovgʻa va mukofotlarni yutib olish
Mentorlarning muhim maslahatlarini olish
24 soat ichida tayyor yangi loyiha yoki
namunani ishlab chiqish tajribasiga ega boʻlish
Haqiqiy dasturchilar muhitiga shoʻngʻish
imkonlariga ega bo’lasiz.
Mentorlar
Open Data Challenge 2017 tashkilotchilari
mentorlar – dasturlash, dizayn, ommaviy ishtirok hamda ochiq ma’lumotlarni
tahlil etish va ulardan foydalanish sohasidagi mutaxassis-ekspertlarni taklif
etganlar, ular jamoalarga maslahatlar berib, loyihalar ustida ish olib borishga
koʻmaklashadilar.
Shartlar
Asosiy shart – mahsulot namunasi (ilova, servis)
toʻliqligicha Open Data Challenge 2017 da yaratilgan boʻlishi darkor va mavjud
mahsulotni dasturlashga urinish boʻlishiga ruxsat berilmaydi. Bunda, ilgari
tuzilgan ishlanma, adabiyot va modullardan tanlov doirasida qiymati qoʻshilgan
component sifatida foydalanish mumkin.
Open Data Challenge 2017 da ishtirok etish
barcha uchun bepul boʻlib, ishtirokchilaring roʻyxatdan oʻtishlari talab
etiladi, xolos. Tashkilotchilar ishtirokchilarni internet va ish muhiti bilan
ta’minlaydilar.
Nominatsiyalar
Barcha loyihalarning taqdimoti 2017-yil 3-dekabr
kuni boʻlib oʻtib, bunda davlat organlari, jamoatchilik, biznes, betaraf
ekspert vakillaridan iborat boʻlgan vakolatli hakamlar hay’ati quyidagi
nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblarni aniqlaydilar:
• Ochiq
ma’lumotlarga asoslangan eng yaxshi ijtimoiy loyiha (mobil yoki veb ilova,
xizmat, messenjerlar yoki ijtimoiy tarmoqlar uchun botlar, ma’lumot yig‘uvchi,
qayta ishlovchi va taqdim etuvchi uskunalar);
• Ochiq ma’lumotlarga asoslangan eng yaxshi
biznes loyiha (mobil yoki veb ilova, xizmat, messenjerlar yoki ijtimoiy
tarmoqlar uchun botlar, ma’lumot yig‘uvchi, qayta ishlovchi va taqdim etuvchi
uskunalar);
• Xakatonning eng innovatsion loyihasi.
Qanday ilovalar ishlab chiqilishi mumkin? Ular:
ayrim biznes, ekologiya yoki ijtimoiy jarayonlarga oid yechimlarni aks
ettirishi yohud fuqarolar va tadbirkorlarga yordam berishga yo’naltirilgan
xizmatlar bo’lishi ham mumkin. Ehtimol, ilova ma’lumotlarni tezkor namoyish
etish bilan bogʻliq yechim koʻrinishida boʻlar. Balki, biron-bir yoʻnalish yoki
data.gov.uz portal ma’lumotlarini kiritishga oid infografika boʻlar. Gʻoyalar
juda koʻp boʻlishi va ular faqat sizning tasavvur va imkoniyatlaringiz bilan
chegaralanishigina mumkin. Eng yaxshi loyihalarni davlat organlari, notijorat
sektor, biznes, yetakchi texnik mutaxassislar vakillaridan iborat boʻlgan
hakamlar hay’ati tanlab oladi.
Roʻyxatdan oʻtish
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola
orqali roʻyxatdan oʻtishingiz zarur: https://data.gov.uz/uz/hackathon/register
Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun quyidagi telefon
va elektron pochtasiga murojaat etishingiz mumkin: (+99871) 289-99-99 (0201,
0191, 0170, 0106), yoki elektron pochta orqali f.kutliev@inha.uz manziliga jo’naitshingiz mumkin.
Muhim sanalar
Open Data Challenge 2017 da ishtirok etish va
tayyorgarlik koʻrish quyidagi bosqichlar boʻyicha boʻlib oʻtadi:
Roʻyxatdan oʻtish – 2017-yilning 24
-noyabrigacha.
Open Data Challenge 2017 trening kunlari – 2017-yil
30-noyabr va 1-dekabr.
Open Data Challenge 2017 musobaqasi kunlari – 2-dekabr
va 3-dekabr. 2017.
Gʻoliblarni taqdirlash marosimi – 2017-yil 16-dekabr.
Qiziqib qoldingizmi? Roʻyxatdan oʻting!
Tadbir boʻlib oʻtadigan joy Toshkent shahridagi
Inha universiteti, Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek tumani, Ziyolilar ko’chasi,
9, 4-qavat. Mo’ljal: Akademiklar shaharchasi.