Kengaytirilgan
 
 

"Open Data Challenge 2018" tadbiri o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

2018-10-03

Tadbir 2018 yilning noyabr oyida Toshkent shahridagi INHA universitetida bo'lib o'tadi.

Ochiq ma'lumotlarga asoslangan, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan innovatsion dasturlar va xizmatlarni O'zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portali hamda davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirish maqsadida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan "Open Data Challenge 2018" ochiq ma'lumotlaridan foydalangan holda ilovalarni ishlab chiqish bo'yicha tanlov o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Tadbir 2018 yilning noyabr oyida Toshkent shahridagi INHA universitetida bo'lib o'tadi. Tez orada tadbirning aniq sanasi va qo'shimcha ma'lumotlarni e’lon qilamiz. Yangiliklarni kuzatib boring.

Manba: DATA.GOV.UZ


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: