Kengaytirilgan
 
 

Sentabr oyida 350 dan ortiq ochiq ma’lumotlar to‘plami joylashtirildi

2018-10-04

Joriy yilning sentabr oyida sohalar bo‘yicha jami 356 ta ma’lumotlar to‘plami joylashtirildi

Davlat organlari faoliyatiga

oid barcha ma’lumotlar fuqarolarning turmush tarzida muhim o‘rin tutadi. Shu boisdan
ham O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portalida davlat organlari faoliyati
to‘g‘risidagi axborotlar erkin va bepul foydalanish maqsadida muntazam yangilanib
boriladi. Jumladan, joriy yilning sentabr oyida sohalar bo‘yicha jami 356 ta ma’lumotlar
to‘plami joylashtirildi.
Sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, to‘plamlar quyidagicha aks etgan:
- «Hudud» - 102;
- «Iqtisodiyot» - 93;
- «Aholi» - 41;
- «Transport» - 30;
- «Biznes» - 27;
- «Ta’lim» - 16;
- «Moliya» - 15;
- «Savdo» - 14;
- «Ekologiya» - 7;
- «Adliya» - 5;
- «Turizm» - 5;
- «Ko‘chmas mulk» - 1
Turli axborot resurslarini shakllantirishda mazkur ochiq ma’lumotlardan manba sifatida bemalol foydalanish
imkoniyatini beradi. Bundan tashqari axborot tizimlari, shuningdek davlat organlari hamda tadbirkorlik sub’ektlari
uchun xizmat va ilovalar yaratishda ushbu ma’lumotlarni samarali ishlatish mumkin.
Ochiq ma’lumotlar portaliga yuqoridagi ma’lumotlarni joylashtirishdan asosiy maqsad yangi ilovalar yaratayotgan dasturchilar, ilmiy tadqiqod ishlarini olib borayotgan olimlar, OAV vakillari, talabalar va ochiq ma’lumotlarga ehtiyoji bor bo‘lgan barcha fuqarolarni kerakli ma’lumotlarga tez va oson ega bo‘lishlarini ta’minlashdir.

Manba: DATA.GOV.UZ


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: