Ochiq ma'lumotlar portali bilan ishlash Idoralararo ishchi guruhining yig'ilishi bo'lib o'tadi
2019-07-28
O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma'lumotlar portali bilan ishlash, axborot resurslari ro‘yxatini shakllantirish va ularni doimiy ravishda belgilangan muddatlarda portalga kiritib borish bo‘yicha mas'ul etib belgilangan Idoralararo ishchi guruhi 5-yig‘ilishi 2019 yil 30 iyul soat 15:00da Davlat statistika qo‘mitasi binosida bo‘lib o‘tishini ma'lum qilamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ–4273-son qarorining ijrosini ta'minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma'lumotlar portali bilan ishlash, axborot resurslari ro‘yxatini shakllantirish va ularni doimiy ravishda belgilangan muddatlarda portalga kiritib borish bo‘yicha mas'ul etib belgilangan Idoralararo ishchi guruhining 5-yig‘ilishi 2019 yil 30 iyul soat 15:00da Davlat statistika qo‘mitasi binosida bo‘lib o‘tishini ma'lum qilamiz.
Mazkur yig‘ilishda ko‘riladigan masalalar:
- O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma'lumotlar portalida davlat organlari va tashkilotlarning ochiq ma'lumotlar to‘plamlarini joylashtirilishini baholovchi tizim - “Ochiq ma'lumotlar puxtaligi modeli” (“Open Data Maturity Model”);
- davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ochiq ma'lumotlarning joylashtirilishi va muntazam yangilab turilishi ustidan doimiy monitoringni o‘rnatish va boshqalar.