Buyuk Britaniya vakillari bilan seminar tashkil etildi.
2019-11-04
2019-yil 4-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasida Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi Davlat aloqa xizmati delegatsiyasi vakillari seminar o‘tkazdi.
2019-yil 4-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasida Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi Davlat aloqa xizmati delegatsiyasi vakillari seminar o‘tkazdi.
Seminarda Davlat statistika qo‘mitasi va Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi Davlat aloqa xizmati o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari ko’rib chiqildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda axborotni e'lon qilishda tezkorlik, oshkoralik, ochiqlik tamoyillari bo‘yicha takliflar bildirdi.
Bundan tashqari, Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi Davlat aloqa xizmati vakillari – Adam Torndayk va Nina Peronius tomonidan O’zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalini, shuningdek Davlat statistika qo’mitasi Axborot xizmati faoliyatini takomillashtirishga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.