O'zbekiston birinchi marta "Xalqaro ochiq ma'lumotlar kuni" global tadbirida ishtirok etadi
2019-12-03
2020 yil 7 mart kuni “Xalqaro ochiq ma'lumotlar kuni” global tadbirining 10 yilligi dunyo miqoyosida keng nishonlanishi rejalashtirilgan. O'zbekistonda birinchi marta O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi tomonidan tashkillashtirilayotgan tadbirlar "Open Data Uzbekistan" va "Open Data Tashkent" “Xalqaro Ochiq ma'lumotlar kuni 2020” global tadbirlari ro’yxatiga kiritildi. https://opendataday.org
Eslatib o'tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta`minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-4273-son qaroriga asosan, Davlat statistika qo`mitasi, davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma`lumotlar to`plamlari ro`yxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli axborotlarning O`zbekiston Respublikasi Ochiq ma`lumotlar portalida o`z vaqtida aks ettirilishi bo`yicha faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas`ul etib belgilangan.
“Xalqaro ochiq ma'lumotlar kuni” har yili global miqiyosda o’tkaziladigan tadbir bo’lib, ochiq ma’lumotlar manbalari haqida ommaga ma’lum qilish va ulardan foydalanishni rag’batlantirishga mo’ljallangan. Xalqaro ochiq ma'lumotlar kuni birinchi bo'lib Devid Eaves tomonidan 2010 yilda taklif etilgan. Ushbu tadbir global miqyosda, odatda fevral yoki mart oylarida bo'lib o'tadi. Ochiq ma’lumotlar haqida muzokaralar, seminarlar, ko’rgazmali namoyishlar, hackathonlar, treninglar va boshqa o’ziga xos uslubda ommaviy ma’lum qilish nazarda tutiladi.
2019 yilda “Ochiq ma'lumotlar kuni” tadbirlari sifatida butun dunyo bo'ylab 300 dan ortiq tadbirlar ro'yxatga olingan va tashkillashtirilgan. Bu shundan dalolatki, “Xalqaro ochiq ma'lumotlar kuni” dunyo miqiyosida e’tirof etiladigan tadbirlardan biri bo’lib, yanada rivojlanib bormoqda.
Ushbu kun butun dunyo bo'ylab, ma’lumotlar foydalanuvchilari uchun mahalliy, mintaqaviy va markaziy hukumat tomonidan ochiq ma'lumotlar siyosatini qabul qilishni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish uchun keng imkoniyatdir.
Manba: DATA.GOV.UZ