Kengaytirilgan
 
 

Open-Data talablariga muvofiq saytdagi barcha ma’lumotlar mashina o’qish formatidadir

2015-03-25

Open-Data talablariga muvofiq saytdagi barcha ma'lumotlar mashina o'qish formatida bo'ladi.

Mashina o'qish atamasi (ingliz tilidan “machine-readable" so'zidan to'g'ridan-to'g'ri tarjima qilingan) axborot taqdim etilgan shaklining mashina yoki kompyuterdagi ko'rinishi (saqlanishishi), o'qilishi (ya'ni skanerlash hamda taqdim etilish holatiga ko'ra) ni kodlashtirishga muvofiq kelib, dasturini sharhlash hamda apparat ta'minlanish imkonini beradi.

Eslatib o'tamiz, ochiq ma'lumotlar Internet tarmog'iga davlat tashkilotlari tomonidan joylashtirilgan ommabop shakldagi axborot hisoblanib, qayta foydalanish jarayonida shaxslar tomonidan o'zgartirilmagan holda, mashina o'qiy oladigan shaklda avtomat ishlov berilgandir.

Axborotni ochiq ma'lumotlar shaklida joylashtirishdan asosiy maqsad mamlakat fuqarolari, ishbilarmonlik jamiyatlari va boshqa qatlamlarning ko'p miqdorda xalqaro, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy samara beradigan sharoit yaratishdir.

Hozir http://data.gov.uz portalida to'rt tashkilot tomonidan taqdim etilgan 24 ta ochiq ma'lumot mavjud. Ma'lumotlar CSV, JSON, XML kabi uch formatda joylashtirilgan.
Kelgusida foydalanish uchun ularni yuklab olish mumkin.Ochiq ma'lumotlar portali ishga tushganidan buyon berilgan ma'lumotlar 200 marta yuklab olingan.

Saytdagi statistika ochiq holatda va shaffof ko'rinishdadir.


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: