Davlat sektorida ma'lumotlarni boshqarish bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi
2019-12-19
18-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi, Toshkent shahridagi Amiti universiteti va Jahon bankining O'zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorligida "Davlat sektorida ma'lumotlarni boshqarish" mavzusida seminar-trening o'tkazildi.
Seminarda yurtimizdagi turli vazirlik va idoralar, bank hamda boshqa tashkilot vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i Akrom Sultonov so‘zga chiqib, mavzu yuzasidan firk bildirdi.
Seminar nazariy va amaliy qismda tashkil etilib, quyidagi masalalarda muhokamalar tashkil etildi:
Shuningdek, biznes, tadqiqot va ijtimoiy innovatsiyalar uchun ochiq ma'lumotlar bo'yicha seminar ishtirokchilaridan kelib tushgan masalalar muhokama qilindi. Ochiq ma'lumotlar bilan ishlash va O'zbekiston ochiq ma'lumotlar portali xodimlarining davlat ma'lumotlari bilan ishlash bo'yicha rejalashtirgan ishlari bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Manba: DATA.GOV.UZ