Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy veb-sayti "Platinum" darajaga yetdi.
2020-01-09
2020-yil 8-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy veb-sayti (stat.uz) Ochiq ma'lumotlar institutidan ochiq ma'lumotlar sertifikatining jamoa guvohnomasini olish orqali yuqori –"Platinum" darajasiga erishdi.
2020-yil 8-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy veb-sayti (stat.uz) Ochiq ma'lumotlar institutidan ochiq ma'lumotlar sertifikatining jamoa guvohnomasini olish orqali yuqori –"Platinum" darajasiga erishdi.
Bu ochiq ma'lumotlar axborot infratuzilmasining o‘ziga xos namunasidir (https://certificates.theodi.org). Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy web-sayti oxirgi 5 yil ichida 200 ming ochiq ma’lumotlar resurslari ichida "Platinum" darajaga ega bo‘lgan yagona resursdir.
Ochiq ma'lumotlar sertifikati – sifatli ochiq ma'lumotlar doimiy nashr etilishini baholash va tan olish uchun Ochiq ma'lumotlar instituti tomonidan ishlab chiqilgan va qo‘llab-quvvatlanadigan bepul onlayn vosita.
Ochiq ma'lumotlarning sertifikati ochiq ma'lumotlarning professional nashr etilishi uchun sinovdan o‘tgan va tasdiqlangan standartlar to‘plamiga nisbatan mustaqil sifat belgisidir. U barqaror ochiq ma'lumotlardan foydalanishni qo‘llab-quvvatlash uchun huquqiy, amaliy, texnik va ijtimoiy talablarni qamrab oladi.
Sertifikat olish uchun ma'lumot nashr etuvchilar uchun so‘rovnoma qo‘llab-quvvatlash darajasi va ma'lumotlarni qayta ishlatish va kashf qilish uchun qilinadigan qadamlarni baholaydi. Javoblarga qarab, ODI takroriy foydalanuvchilar uchun nashriyot jarayonining sifat darajasini ko‘rsatish uchun noshirning veb-saytiga o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan belgi beradi.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, 4 darajali sertifikat belgisi mavjud. Har bir belgi ochiq ma'lumotlarni nashr etishda muvaffaqiyatga erishilganlik darajasini ko‘rsatadi.
BRONZA: ma'lumotlar ochiq litsenziyaga ega, cheklovsiz mavjud, foydalanish va qayta foydalanish mumkin.
KUMUSH: bronza talablariga javob beradi, ma'lumotlar mashinada o‘qiladigan formatda hujjatlashtiriladi, ishonchli va maxsus aloqa kanali orqali noshir tomonidan doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlanadi.
OLTIN: kumush talablariga javob beradi, umumiy foydalanish mumkin bo‘lgan mashinada o‘qiladigan formatda nashr etiladi, muntazam yangilanishlarni kafolatlaydi, mukammal qo‘llab-quvvatlashni, hujjatlarni taqdim etadi va mashinada o‘qiladigan huquqlar bayonotini o‘z ichiga oladi.
PLATINA: oltin talablarga javob beradi, kelib chiqishi to‘g'risidagi mashinada o‘qiladigan hujjatlarga ega, ma'lumotlarda noyob identifikatorlardan foydalanadi, noshir aloqa xizmatini taklif qiluvchi guruhga ega. Bu axborot infratuzilmasining istisno namunasidir.