Kengaytirilgan
 
 

O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro ochiq ma'lumotlar xartiyasiga a'zo bo‘ladi

2020-12-25

O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro ochiq ma'lumotlar xartiyasiga a'zo bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 9- apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273-sonli Qarori mamlakatimizning ochiq ma'lumotlar sohasida bir qator yutuqlarga erishishi uchun mustahkam zamin yaratdi. 

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Open Data Inventory (ODIN) 2020/2021 ochiq ma'lumotlar reytingida 125 pog‘onaga ko‘tarilib, dunyoda 44- o‘rinni va Markaziy Osiyoda 1- o‘rinni egalladi. Shuningdek, BMTning “Elektron hukumat kuzatuvi 2020”da “Ochiq davlat ma'lumotlari indeksi” bo‘yicha O‘zbekiston eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldi.

O‘z navbatida, mamlakatimiz rahbari tomonidan ochiq ma'lumotlar sohasiga tegishli bo‘lgan xalqaro indeks va reytinglarda mamlakatimizning o‘rnini yanada yaxshilash bo‘yicha Davlat statistika qo‘mitasi va tegishli vazirlik va idoralarga qator vazifalar yuklatildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro ochiq ma'lumotlar xartiyasiga a'zo bo‘lishi, 2021- yilda O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma'lumotlar portalining yangi takomillashtirilgan versiyasi ishlab chiqish va boshqalar.


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: