Transport ma'lumotlarining yangi manbalarini o'rganish yuzasidan fikr almashildi
2021-01-27
2021- yilning 26- yanvar kuni Davlat statistika qo'mitasi vakillari BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi hamda Xalqaro transport forumi hamkorligida tashkil etilgan videokonferensaloqa rejimidagi uchrashuvda ishtirok etdi.
2021- yilning 26- yanvar kuni Davlat statistika qo'mitasi vakillari BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi hamda Xalqaro transport forumi hamkorligida tashkil etilgan videokonferensaloqa rejimidagi uchrashuvda ishtirok etdi.
Ushbu uchrashuv mobil ma’lumotlar monitoringi bo'yicha qator virtual uchrashuvlarga kiritilgan bo'lib, statistik amaliyotning eng muhim masalalari bo'yicha fikr almashish platformasi hisoblanadi.
Uchrashuvda Davlat statistika qo'mitasidan Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i Akrom Sultonov hamda Xizmatlar, transport va axborot infratuzilmasi sohasida tizimli statistik kuzatuvlar bo`limi boshlig'i Alisher Rahimov qatnashdi.
Tadbirda xalqaro ekspertlar – Alessandro Alasia (Kanada), Viviana Munoz (Chili), Markku Kivari (Finlyandiya) transport, shaharsozlik va turizm loyihalarida mobil ma'lumotlarini keng qo'llash, transport talabini modellashtirishning yanada mustahkam vositalarini ishlab chiqish bo‘yicha fikr bildirdi. Shuningdek, ma'lumotlarni birlashtirish orqali yo'l holatini tahlil qilishning murakkab vositalari yuzasidan tushunchalar berildi.
Uchrashuv yakunida yangi mobil ma'lumotlari manbalari bo'yicha xalqaro hamkorlikni yaxshi yo'lga qo'yish bo'yicha fikr almashildi.
Bunday uchrashuvlar transport bo'yicha statistik ma'lumotlarni to'plash metodologiyasini yaxshilash hamda “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi”ni sifatli amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega.