Joriy yilning 24-28 may kunlari Open Data Watch eksperti O'zbekistonga tashrif buyurdi
2021-05-31
2021- yil 24–28 may kunlari Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ko‘magida Open Data Inventory (ODIN) xalqaro ochiq ma'lumotlar reytingini olib boruvchi Open Data Watch tashkiloti vakili Jemison Krouell bilan seminar-treninglar tashkil etildi.
Mazkur seminar-treninglarda Open Data Inventory (ODIN) reytingi haqida umumiy tushunchalar, ma’lumotlar sifati, ochiqlik va qamrov mavzulari haqida fikr-mulohaza almashildi. Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Open Data Inventory (ODIN) reytingida o’rnini yaxshilash hamda kelgusidao’zaro hamkorlikda seminar, trening va vebinarlar tashkil etilishi haqida kelishib olindi.
Shu bilan birgalikda 28- may kuni Open Data Watch tashkiloti vakili Jemison Krouell Samarqand viloyati statistika boshqarmasiga tashrif buyurib, ma’lumotlarning ochiqligi va shaffofligi hamda ularning sifatini yanada yaxshilash mavzusiga bag’ishlab seminar o’tkazdi.
Ushbu seminar-treninglarni o’tkazishdan asosiy maqsad – mamlakatimizda ochiq ma'lumotlar sohasini yanada rivojlantirish, ochiq ma'lumotlar sifatini baholovchi ODIN hamda boshqa reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilashga imkoniyat yaratishdan iborat.
Ma’lumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Open Data Inventory (ODIN) ochiq ma’lumotlar reytingida 63 ballni toʻplagan holda mazkur reytingda 125 pozitsiyaga koʻtarilib, dunyoda 44- oʻrinni hamda Markaziy Osiyoda 1- oʻrinni egalladi.