Kengaytirilgan
 
 

Open Data Challenge 2018 tanlovi nominatsiyalari haqida ma’lumot

2018-11-14

OpenDataChallenge2018 tanlovi nominatsiyalari haqida batafsil ma’lumot.

Do‘stlar, o‘ylaymizki ushbu ma’lumotlar sizlar uchun ayni muddao bo‘ladi. Hakamlar #OpenDataChallenge2018, #Hackathon2018, #Xakaton2018 tanlovi g‘oliblarini uchta nominatsiya bo‘yicha saralab olishi haqida avval xabar bergan edik. Quyida har bir nominatsiya bo‘yicha batafsil ma’lumotlar keltirilgan: ulardan nominatsiyalarning har biri nimalarni o‘z ichiga olgan, loyiha qanday talablarga javob berishi zarur, nimalarga e’tibor qaratish kerak kabi savollarga javob topishingiz mumkin bo‘ladi.

Birinchi nominatsiya “Aqlli shahar” uchun ochiq ma’lumotlarga asoslangan eng yaxshi loyiha (mobil yoki veb ilova, xizmat). Ochiq shahar ma’lumotlariga asoslangan holda axborot va innovatsion texnologiyalardan foydalanib,fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash, shaharning biror muammosini hal qilishga qaratilgan yechim (ilovalar yoki qurilmalar) yaratish. Nominatsiya doirasida loyihaning “aqlli shahar” konsepsiyasiga muvofiqligi baholanadi. Ushbu konsepsiya hayotiy faoliyat tizimlaridan tejamkor va ekologik jihatdan to‘g‘ri foydalanishni ko‘zda tutuvchi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash yordamida shaharda zamonaviy hayot darajasini ta’minlashdan iborat.

Ikkinchi nominatsiya – Ochiq ma’lumotlarga asoslangan eng yaxshi biznes loyiha (mobil yoki veb ilovalar, xizmat). Davlat va xususiy kompaniya ochiq ma’lumotlaridan foydalanib, qo‘shimcha qiymat va tijoratlashtirish istiqbollarini yaratishga yo‘naltirilgan yechim (dastur yoki qurilma) ishlab chiqish. Boshqa so‘z bilan aytganda, loyiha tijorat qiymatiga (daromad keltirish qobiliyatiga) ega ochiq ma’lumotlarga asoslangan yechim taklif qilishi lozim. Masalan: https://www.zillow.com/ — ko‘chmas mulkni izlash xizmati, Weather Channel ( https://weather.com/ ) — ob-havo xizmati va h.k.

Uchinchi nominatsiya – Ochiq ma’lumotlarni generatsiyalash (transformatsiyalash) bo‘yicha eng yaxshi loyiha (mobil yoki veb ilova, xizmat)”. Odamlar yoki boshqa tizimlar tomonidan keyinchalik foydalanilishi uchun ma’lumotlarni yaratish (generatsiya) yoki ularni qayta ishlash (transformatsiya)ga imkon beruvchi yechimlarini (dastur yoki qurilmani) ishlab chiqish. Bunday yechimning namunasi – bu Waze mobil navigatori bo‘lib, u real vaqt rejimida yo‘ldagi tirbandliklar, yo‘l to‘siqlari, radarlar, inspektorlar va haydovchilar uchun muhim bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni yangilab turadi. Ushbu navigator ma’lumotlari ilova foydalanuvchilari – mashina haydovchilari tomonidan kiritiladi. Namlik, chang, kimyoviy elementlar va boshqa datchiklarga ega bo‘lgan, atrof-muhit havosining sifati haqida ma’lumotlarni generatsiya qiladigan apparat majmuasi qurilmaning namunasi hisoblanadi.


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: