Kengaytirilgan
 
 

AKT

2021- yil 24–28 may kunlari Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ko‘magida Open Data Inventory (ODIN) xalqaro ochiq ma'lumotlar reytingini olib boruvchi Open Data Watch tashkiloti vakili Jemison Krouell bilan seminar-treninglar tashkil etildi.

31.05.2021

2021- yil 2- aprel kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida Davlat statistika qo'mitasi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki ("IT Park Uzbekistan") va YeXHTning O'zbekistondagi loyihalar Koordinatori tomonidan tashkil etilgan “O'zbekistonda ochiq ma'lumotlar ekotizimining amaliy ahamiyati va rivojlanish istiqbollari” mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

05.04.2021

"International Open Data Day" doirasida davlat statistika qo'mitasi xodimlari, vazirlik va idoralar xodimlari hamda YeXHTning O'zbekistondagi koordinatori hamda elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari va ekspertlari ishtirokida aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish, shuningdek, mamlakatimizda ochiq ma'lumotlarni ommalashtirishga bag'ishlangan "Open Data Day Tashkent 2021" mavzusida tadbirlar tashkil etildi.

10.03.2021

Joriy yilning 24- fevral kuni Open Data Inventory (ODIN)ning 5- yillik hisoboti e'lon qilindi. Ushbu hisobot ODIN-2020/21 natijalarining global ochiq ma'lumotlar rivojlanishi va tahlili sur’ati bo'lib, ular 2020- yil dekabr oyining boshlarida nashr etilgan.

25.02.2021

2021- yil 22- fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma'lumotlar sohasini yanada rivojlantirish istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

22.02.2021

O'zbekiston Xalqaro Ochiq ma'lumotlar Xartiyasiga 23 mamlakat sifatida qo'shildi va Janubiy Koreya va Filippindan keyin Osiyoda uchinchi mamlakat bo'ldi.

19.02.2021

2021- yilning 18- fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasida kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha navbatdagi onlayn o‘quv-seminari o‘tkazildi. Bu galgi vebinar Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan tashkil etildi.

18.02.2021

Ushbu yoshlar tarkibida “Open Data Challenge 2020” xakatonida sovrin qozongan ikkita jamoa ham bor. Vakillar Prezident bilan suhbatlashdi va o‘zlarining loyihalarini taqdim etdi.

01.02.2021

Open Data Watch tashkiloti vakillari bilan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi

31.12.2020

Ochiq ma'lumotlar sohasi yanada rivojlantiriladi

29.12.2020

Xalqaro ochiq ma'lumotlar xartiyasiga qo‘shilish masalasi muhokama qilindi

29.12.2020

O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro ochiq ma'lumotlar xartiyasiga a'zo bo‘ladi.

25.12.2020

2020- yilning 18- dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori va Xalqaro ochiq ma'lumotlar xartiyasi ekspertlari tomonidan videokonferensiya formatida “Korrupsiyaning oldini olishda ochiq ma'lumotlarning ahamiyati” mavzusida onlayn-seminar tashkil etildi.

21.12.2020

Open Data Challenge 2020

07.12.2020

Oʻzbekiston Respublikasi Open Data Inventory (ODIN) ochiq ma’lumotlar reytingida 63 ballni toʻplagan holda mazkur reytingda 125 pozitsiyaga koʻtarilib, dunyoda 44 oʻrinni hamda Markaziy Osiyoda 1-oʻrinni egalladi.

03.12.2020

“International open data campus: fuqarolik jamiyati uchun ochiq ma'lumotlar”

16.11.2020

Joriy yil 13- noyabr kuni Davlat statistika qo'mitasi hamda Jahon banki ekspertlari ishtirokida vebinar o‘tkazildi.

13.11.2020

Joriy yilning 13–21- oktabr kunlari 83 ta vazirlik va idoralarning 200 nafar xodimi uchun  “Ochiq ma’lumotlar” bo‘yicha o‘quv haftaligi o‘tkazildi.

22.10.2020

Joriy yilning 14- oktabridan boshlab yurtimizdagi turli vazirlik va idoralar xodimlari uchun "Ochiq ma'lumotlar sohasini rivojlantirish" mavzusida o'quv-vebinarlari o'tkazilmoqda.

19.10.2020

2020- yil 28- sentabr kuni YEXHTning O'zbekistondagi loyihasi koordinatori va Milliy ommaviy axborot vositalarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan Xalqaro universal ma'lumotlardan foydalanish kuniga bag'ishlab onlayn videokonferensiya tashkil etildi.

28.09.2020

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: